Marselo Nikolas Lodeiro Benites (; 1989-yil 21-mart, Paysandu) – urugvaylik professional futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi. Hozirda Amerikaning Sietl Saunders klubi va Urugvay milliy futbol terma jamoasi futbolchisi. Futbolchilik faoliyati left|thumb| Lodeiro „Ayaks“ klubi safida Lodeiro dastlab „Barrio Obrero“ klubida futbol oʻynay boshlagan. Uning 2003-yilda Nacional yoshlar jamoasiga kelishiga skaut Daniel Lopes yordam bergan. U yoshlar terma jamoalarida oʻtkazgan toʻrt-yil davomida 17 yoshgacha va 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi mamlakat chempionligini qoʻlga kiritadi. 2007-yildan keyin u ushbu jamoaning asosiy tarkibida oʻynay boshlagan. 2007-yilning 19-avgustida boʻlib oʻtgan „Feniks“ klubi bilan oʻyinda Lodeiro oliy divizionda debyut qiladi. Nacional tarkibida 2008-yilgi Liguilla gʻolibi va 2008/09-yilgi mavsumda Urugvay chempionligini qoʻlga kiritadi. Shuningdek, 2008/09-yilgi mavsumda uning klubi Libertadores kubogi yarim finaliga ham chiqadi. 2010-yilning yanvarida Lodeyro 4 million yevro evaziga „Ayaks“ga transfer qilinadi. 2010-yilning 7-fevralida u „Ayaks“ safida "Tvente"ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushish orqali debyut qiladi.
Lodeiro 2008/09-yilgi mavsumda Urugvay U20 terma jamoasida oʻynagan, 11 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan. 2009-yilda 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Janubiy Amerika chempionatida ishtirok etadi, ushbu musobaqada uning jamoasi 3-oʻrinni egallaydi va u 3 ta gol uradi. Oʻsha yili U20 jahon chempionati saralashida Urugvay terma jamoasi 1/8 finalda magʻlub boʻladi. Ushbu turnirda u 2 gol uradi va jamoa sardori sifatida qatnashadi. Lodeiro 2009-yilning noyabr oyidan beri Urugvay kattalar futbol terma jamoasida oʻynamoqda va oʻsha yilning noyabr oyida Kosta-Rika terma jamoasi bilan ikkita oʻyin oʻtkazadi. Kosta-Rikaga qarshi bahs JCh-2010 saralashi doirasidagi pley-off oʻyinlaridan biri boʻlib, ikkita uchrashuvning yakuniga koʻra Urugvay JChga yoʻllanma oladi.
Urugvayning JCh-2010 dagi Fransiyaga qarshi kechgan mundialdagi birinchi oʻyinida Lodeiro 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushadi, ammo 81-daqiqadayoq u ikkita sariq kartochka olib maydondan chetlatiladi va ushbu turnirda chetlatilgan birinchi futbolchiga aylandi. Qolaversa, urugvaylik futbolchi birinchi ogohlantirishini maydonga tushganidan 2 daqiqa oʻtib oladi. Shundan soʻng Lodeiro 1/8 finalda Janubiy Koreyaga qarshi, 1/4 finalda Ganaga qarshi kechgan bahslarda maydonda harakatlanadi. Oʻsha oʻyinda Lodeiro oʻng oyogʻining suyagi sinishi natijasida jiddiy jarohat oladi va uzoq vaqtga safdan chiqadi.
2011-yilning 21-yanvarida „Ayaks“ bosh murabbiyi Frank de Bur Lodeiro keyingi bir oy ichida mashgʻulotlarga qaytishiga umid bildiradi. Lodeyro 2011-yilgi Amerika Kubogida tiklanishga muvaffaq boʻldi va uning gʻolibiga aylandi, lekin u asosiy tarkib oʻyinchisi emas edi va faqat zaxira oʻyinchisi sifatida maydonga tushdi. 2011/12-yilgi mavsumda Lodeiro asta-sekin jarohatidan toʻliq forigʻ boʻldi va 2011-yilning noyabr oyidan muntazam ravishda „Ayaks“ safiga qoʻshila boshladi. 2012-yilning fevraliga kelib, Nikolay allaqachon Amsterdam klubining asosiy jamoasi oʻyinchisiga aylangan edi – u „Ayaks“ uchun 13 ta oʻyin oʻtkazdi, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.right|thumb| Lodeyro Urugvay terma jamoasi safida Biroq 2012-yilning yozida u faoliyatini Braziliyada davom ettirishga qaror qiladi va „Botafogo“ bilan 2016-yilgacha shartnoma imzoladi. 2014-yil boshida CSKA futbolchiga qiziqish bildira boshladi, biroq Botafogo taklif qilingan 10 million yevroni rad etdi. 2015-yilning 5-fevralida Lodeiro „Boka Xuniors“ futbolchisi sifatida taqdim etiladi. Yangi klubida u 10-raqamni oladi.
2016-yilning 27-iyulida Lodeiro MLSning Sietl Saunders klubiga kelib qoʻshiladi. U Shimoliy Amerika ligasidagi debyutini 31-iyul kuni Los-Anjeles Gelaksiga qarshi oʻyinda oʻtkazadi. U „Sietl Saunders“ safidagi ilk golini 14-avgust kuni „Real Solt Leyk“ ga qarshi oʻyinda kiritadi. Lodeiro 2016-yilgi mavsumini toʻrtta gol va sakkizta golli uzatma bilan yakunlaydi. Futbolchi Saundersga Gʻarbiy konferensiyada toʻrtinchi oʻringa koʻtarilishga yordam beradi, shu tufayli u MLSda yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topiladi. 10-dekabr kuni MLS kubogi 2016 oʻyinida Sietl asosiy va qoʻshimcha vaqtlarda golsiz durangdan soʻng Torontoni penaltilar seriyasida magʻlub etadi.
U 2019-yilgi MLS yulduzlar oʻyini uchun tanlangan qatorida boʻlgan, unda liga yulduzlari Atletiko Madrid bilan toʻqnash kelishadi.
2019-yilning yozida Nikolas Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etish uchun terma jamoaga taklif qilinadi. Guruhdagi birinchi oʻyinda Ekvadorga qarshi kechgan bahsda u 6-daqiqada gol uradi va jamoasi 4:0 hisobidagi ishonchli gʻalaba keltiradi.
2020-yilgi mavsumda u 10 ta golga assistentlik qiladi va golli uzatmalar boʻyicha liga peshqadamlaridan biriga aylanadi va buning uchun u MLS ramziy jamoasiga kiritiladi. Jamoaviy yutuqlari Nacional FC
Urugvay chempioni (1): 2008/09 Liguilla gʻolibi (1): 2008
Ayaks FC
Gollandiya chempioni (2): 2010/11, 2011/12 Gollandiya kubogi sohibi (1): 2009/10
Urugvay terma jamoasi
Amerika kubogi gʻolibi (1): 2011
Boka Xunior
Argentina chempioni (1): 2015 Argentina kubogi gʻolibi (1): 2014/15
Sietl Saunders
MLS chempioni (2): 2016, 2019 KONKAKAF Chempionlar Ligasi chempioni (1): 2022
Shaxsiy yutuqlari Urugvayda-yilning eng yaxshi futbolchisi (1): 2009 Janubiy Amerika jamoasi aʼzosi (1): 2009 MLSning yangi oʻyinchisi: 2016 KONKAKAF Chempionlar Ligasi Yulduzlar jamoasi aʼzosi (2): 2018 , 2022 MLS All-Star (1): 2019 MLS yulduzlar jamoasi aʼzosi (1): 2020
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Urugvaylik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2011 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2015 oʻyinchilari Turkum:Copa América Centenario oʻyinchilari Turkum:Copa América 2019 oʻyinchilari Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:2013-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi futbolchilari