right|thumb|270x270px| Matsuyama shahar hokimiyati binosi right|thumb|270x270px| Ehime prefekturasi markaziy binosi right|thumb|270x270px| Matsuyama qal’asidan shaharning panoramik koʻrinishi Yaponiyadagi Sikoku orolidagi Ehime prefekturasining markaziy va ayni paytda Sikokuning eng yirik shahri hisoblanadi. 2022-yil 1-sentyabr holatiga koʻra, shaharda 243 541 ta xonadonda 505 948 kishi va aholi zichligi km ga 1200 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 429.35 kilometr kvadrat.
Geografiyasi Matsuyama Ehime prefekturasi markazida joylashgan boʻlib, shimolda Seto ichki dengiziga, shimoli-sharqda Takanava yarim orolining togʻlariga va janubda Sikoku togʻlarining davomi boʻlgan Saragamin togʻ tizmasiga ulangan. Dogo tekisligining shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Shahar shuningdek, Seto ichki dengizidagi 29 oroldan iborat arxipelag boʻlgan Kutsuna orollarini ham oʻz ichiga oladi.
Qoʻshni munitsipalitetlar Ehime prefekturasi
Toon Imabari Tobe Masaki Kumakogen
Iqlimi Matsuyamada nam subtropik iqlim shakllangan, yozi issiq va qishi salqin. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli darajada, apreldan iyulgacha, shuningdek sentyabrda kuchliroq boʻladiMatsuyama climate data.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraMatsuyama population statistics, Matsuyama aholisi 1940-yillardan beri doimiy ravishda oʻsib bormoqda.
Tarixi Uvadzima hududi qadimgi Iyo provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Dogo Onsen Asuka davrida mashhur boʻlgan va 596-yilda bu yerga Sotoku Taisi tashrif buyurgan. Bu voqea "Gendzi hikoyasi" da ham tasvirlangan. Kono Michinobu Genpey urushi paytida Minamoto no Yoritomoni Heyke klaniga qarshi qoʻllab-quvvatlab, Iyo viloyatining syugosi lavozimiga koʻtarilgan. Muromachi davrida klan Dogo Onsen yaqinidagi Yudzuki qal’asida oʻz tayanchini yaratgan va hududni Honsyu va Kyusyu bilan bogʻlash uchun gʻarbdagi Mitsuhama portini rivojlantirgan. Toyotomi Hideyosi Sikokuga bostirib kirishi paytida hududni bosib olgan va keyinchalik bu hududni Tokugava syogunligi hukmronligi ostidagi Iyo-Matsuyama domenining bir qismiga aylantrilgan. Matsuyama qal’asi atrofida zamonaviy shaharning oʻzagi shakllangan. Shahar 1889-yil 15-dekabrda zamonaviy munitsipalitet tizimining tuzilishi bilan tashkil etilgan. Shahar 1945-yil 26-iyulda Ikkinchi jahon urushining soʻnggi bosqichida bombardimon qilingan, 251 tinch aholi halok boʻlib, shahar hududining 55% dan ortigʻi vayron boʻlgan.
XX asrda turli xil birlashtiruvlar davrida Matsuyamaga qoʻshni Dogo, Mitsuhama va boshqa shaharchalar qoʻshilgan. 2018-yil 1-oktyabrda Matsuyamaga Hodzo shahri va Nakadzima shaharlari (sobiq Onsen tumanida) qoʻshilgan.
Hukumati Matsuyama toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 42 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash shakliga ega. Matsuyama Kumakogen bilan birgalikda Ehime prefekturasi assambleyasiga 16 aʼzoni qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya dietasi quyi palatasining Ehime 1-okrugi va Ehime 2-okruglari oʻrtasida boʻlingan.
Iqtisodiyoti Matsuyama yirik mintaqaviy savdo markazidir. Asosiy tarmoqlar mandarin apelsin yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi, Dogo Onsen va Matsuyama qal’asi atrofida joylashgan turizm va kimyoviy tolalarga asoslangan ishlab chiqarish sohalaridir. Sohil boʻylab aeroportlar va bandargohlar yaqinida sanoat hududlari tarqalgan, jumladan Teydzin guruhining eng yirik ishlab chiqarish bazasi, Miura (qozon ishlab chiqaruvchi), Iseki (traktor va dvigatel uskunalari)"Company Outline." Iseki. Retrieved on March 31, 2018., Hatada Ichiroku (yapon qandolat mahsulotlari), Poem, Pomning oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash boʻlimi (Ehime Drink Company) va chakana savdo kompaniyalari Fuji va Daiki kabi korxonalarning shtab-kvartirasi Matsuyamada joylashgan.
Taʼlimi
Universitet va kollejlari
Ehime universiteti Matsuyama oʻsmirlar kolleji Matsuyama universiteti Matsuyama Sinonome kolleji Muqaddas Ketrin universiteti
Boshlangʻich va oʻrta taʼlim Matsuyamada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 62 ta davlat boshlangʻich maktabi va 31 ta davlat oʻrta maktabi mavjud. Shaharda Ehime prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan ettita davlat oliy maktabi, jumladan Ehime prefekturasi Matsuyama markaziy oliy maktabi va Ehime prefekturasi Matsuyama Higasi oliy maktabi va Ehime universiteti tomonidan boshqariladigan ikkita milliy oliy maktab mavjud. Ikkita xususiy birlashtirilgan oʻrta/oliy maktab va 11 xususiy oliy maktab mavjud. Prefekturada nogironlar uchun ikkita maxsus taʼlim maktabi ham mavjud.
Xalqaro maktablar Matsuyamada bitta koreys maktabi (Chosen gakko), .
Transporti
Aeroportlari right|thumb| Matsuyama aeroporti (MYJ)
Matsuyama aeroporti, Tokio, Seul, Shanxay va boshqa turli shaharlarga parvozlar amalga oshiradi.
Temir yoʻllari 22x22px Sikoku temir yoʻl kompaniyasi – Yosan liniyasi
Asanami – Oura – Iyo-Hyodzyo – Yanagihara – Avai – Koyodai – Horie – Iyo-Vake – Mitsuhama – Matsuyama – Ichitsubo
50x50px Iyotetsu – Takahama liniyasi
Takahama – Baisindzi – Minatoyama – Mitsu – Yamanisi – Nisi-Kinuyama – Kinuyama – Komachi – Otemachi – Matsuyama
50x50px Iyotetsu – Yokogavara liniyasi
Matsuyama – Ishitegava Park – Iyo-Tachibana – Fukuondzi – Kita-Kume – Kume – Takanoko – Hirai – Umenomoto
50x50px Iyotetsu – Gunchu liniyasi
Matsuyama – Dobasi – Doida – Yogo – Kamata
Tramvaylari Iyo temiryoʻllari, shuningdek, shahar jamoat transportining asosiy turlaridan boʻlmish tramvay va avtobuslar tizimidan foydalanadi. Matsuyama – 1887-yildan beri doimiy ravishda ishlaydigan asl tramvay tizimini yoʻqotmagan bir nechta Yaponiya shaharlaridan biri.
Dzohoku liniyasi : Komachi — Heyvadori 1 Dzonan liniyasi : Dogo Onsen — Nisi-Horibata, Kamiichiman — Heyvadori 1 Honmachi liniyasi : Nisi-Horibata — Hommachi 6 Otemachi liniyasi : Nisi-Horibata — JR Matsuyama stansiyasi — Komachi Hanazono liniyasi : Matsuyama shahar stantsiyasi — Minami-Horibata
Magistral yoʻllari
link=|alt=|25x25px Matsuyama avtomagistrali
Portlari
Matsuyama porti, Hirosimaga parom qatnovi va Kobe, Kokurakita-ku, Kitakyusu va boshqa bir qancha yoʻnalishlarga muntazam tungi paromlar mavjud. Bundan tashqari, Xirosima va boshqa bir nechta yoʻnalishlar oʻrtasida gidrofoil xizmati mavjud.
Qardosh shaharlar Matsuyama uchta shahar bilanbirodarlashgan, Sister Cities International tomonidan belgilangan:
Sacramento, California, AQSh Freiburg, Baden-Württemberg, Germaniya Pyeongtaek, Gyeonggi, Janubiy Koreya Taypey, Tayvan, 2016-yildan beri
Diqqatga sazovor joylari right|thumb| Dogo Onsen Honkan right|thumb|Dogo stansiyasidagi Botchan Ressha, Matsuyama
Sporti Shahar J. ligasida oʻzining mahalliy klubi Ehime FC bilan ishtirok etadi. Shuningdek, beysbolda Shikoku Island League Plus jamoasi ishtirok etadi.
Taniqli shaxslari Kenta Abe, beysbolchi Akiyama Saneyuki, Yaponiya Imperator dengiz flotining admirali Akiyama Yosifuru, Yaponiya imperatorlik armiyasining generali Kotomi Aoki, manga rassomi Ryo Aono, snoubordchi Sidney Gulik, missioner Harada Sanosuke, Sinsengumi 10-boʻlinma kapitani Tomoko Honda, diktor Ippen, buddist voiz Juzo Itami, rejissyor Mansaku Itami, rejissyor Masaru Kageura, beysbolchi Kato Yosiaki, Daimyo Kurita Chodo, hayku shoiri Chiaki Kusuhara, plyaj voleybolchisi Loveli, model va televizion shaxs Kanako Murata, professional aralash yakkakurash ustasi Alan Sirahama, ijrochi, aktyor va DJ Masaoka Shiki, shoir Hideki Matsuyama, golfchi Yoko Matsuyama, aktrisa Yasuyuki Muneta, dzyudochi Riki Nakaya, dzyudochi Kenzaburo Oe, yozuvchi Nataniel Rodzen, violonchelchi Mika Saiki, plyaj voleybolchisi Kosiro Shimada, figurali uchuvchi Hisui Sugiura, grafik dizayner Kyosi Takahama, shoir 8Makoto Tamada, mototsikl poygachisi Tadao Tannaka, matematik Taneda Santoka, hayku shoiri Tosiro Tomochika, futbolchi va siyosatchi Reiko Tosa, sportchi Tetsu Yano, yozuvchi
Manbalar
Havolalar
Matsuyama shahrining rasmiy veb-sayti Matsuyama shahrining rasmiy veb-sayti Sophia Club Matsuyama deklaratsiyasi Shahar meri Nakamura tomonidan CityMayors.com shahar profili
Turkum:Yaponiyaning qirgʻoqboʻyi aholi punktlari Turkum:Yaponiyadagi port aholi punktlari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Ehime prefekturasi shaharlari