Doʻstmirat Abdullayev (1950-yil, 6-avgust; Samarqand viloyati, Paxtachi tumani) – Oʻzbekiston qahramoni, agronom.
Tarjimai holi Doʻstmirat Abdullayev 1950-yilning 6-avgust kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tugʻilgan. 1968-yilda Samarqand viloyatidagi qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash texnikumiga qabul qilingan. 1971-yilda texnikumni tamomlagach, harbiy xizmatga chaqiriladi. Harbiy xizmatdan qaytgach Paxtachi tumanidagi Roʻziqul Maxmanov jamoa xoʻjaligida mexanik, keyinchalik hudud agronomi boʻlib ishlagan. 1980-yillarning oʻrtalarida R.Maxmanov jamoa xoʻjaligida gʻallachilik brigadasi boshligʻi lavozimida ishlaydi. Bundan tashqari Samarqand qishloq xoʻjaligi institutining sirtqi boʻlimga oʻqishga qabul qilingan. D.Abdullayev 2000-yilda oʻzi faoliyat yuritayotgan jamoa xoʻjaligi raisligiga tayinlanadi. Bu vazifada 2008-yilga qadar mehnat qiladi. U 2008-yilda „Abdullayev Doʻstmirat Sultonovich“ fermer xoʻjaligini tashkil qiladi. Ushbu fermer xoʻjalik 70 gektar yerga egalik qiladi va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiradi. Oilasi Doʻstmirat Abdullayev oilali. Turmush oʻrtogʻi Jongul Abdullayeva. Ularning yetti farzandi bor. Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoni (1999-yil).
Manbalar
Adabiyotlar