Chimbayev Yernar Saditovich (1988-yil 13-aprelda tugʻilgan, Nukus, Qoraqalpogʻiston) – qozogʻistonlik professional rus bilyard oʻyinchisi, Qozogʻiston Respublikasi xalqaro sport ustasi. U zamonaviy rus bilyardining mashhur va katta muvaffaqiyatlarga erishgan oʻyinchilaridan biri hisoblanadi.

2010—2022- yillarda bilyard boʻyicha ikki karra jahon chempioni unvoniga erishgan. Bundan tashqari, u bilyard boʻyicha Kreml kubogini ham qoʻlga kiritgan va boshqa bir qator yirik turnirlarda gʻolib chiqgan. Uning yutuqlari uni dunyodagi eng mashhur va iqtidorli oʻyinchilardan biriga aylantirgan.

Faoliyati 2007-yildan boshlab Chimbayev muntazam ravishda Osiyo chempionatida qatnashgan, biroq dastlabki saralashda chiqib ketgan. 2008-yil fevral oyida u oʻzining birinchi jahon chempionatida, Olmaotada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida qatnashgan va u yerda ham dastlabki saralash bosqichida gʻalaba qozona olmagan. U 2009-yilgi Jahon chempionatining saralash bosqichida gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻlgan, ammo ikkita magʻlubiyatdan soʻng yana turnirdan chiqib ketgan. 2009-yilgi Osiyo chempionati va Kreml kubogilari uning faoliyati davomidagi ilk turnirlardan hisoblanadi.

2017-yilgi Jahon chempionatida 64-oʻrindan joy olgan Chimbayev 2017-yil may oyida u Rossiya chempionati finaliga chiqqan va Sergey Goryslavetsga 2:6 hisobida magʻlub boʻlgan. 2017-yil sentabr oyida Turkmanistonning Ashxobod shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida Chimboyev qozogʻistonning ikki vakilidan biri sifatida musobaqada ishtirok etgan va finalga yoʻl olgan.

Finalda turkmanistonlik Ybabekir Bekdurdiyevga 1:5 hisobida magʻlub boʻlgan.

Finallardagi ishtiroki NatijaYilTurnirFinalistNatijaGʻolib2010 Jahon chempionati Qanibek Sagʻinboyev6:2Finalist2012Qozogʻiston chempionati Asat Tumenov4:5Gʻolib2012Qozogʻiston chempionati Alibek Omarov7:5Gʻolib2013Qozogʻiston chempionati Oydos Tugʻanbayev7:6Finalist2014Prince Open Aleksandr Sidorov5:6Finalist2014Qozogʻiston Mustaqillik kubogi Maksim Pan4:5Finalist2015Jahon chempionati Vladislav Osminin4:7Gʻolib2016Qozogʻiston chempionati Dauren Urinbayev7:5Gʻolib2016Qozogʻiston chempionati Dauren Urinbayev6:5, 5:1, 5:3Finalist2017Rossiya chempionati Sergey Goryslavets2:6Finalist2017Osiyo chempionati Ybabekir Bekdurdiyev1:5Gʻolib2018Qozogʻiston chempionati Shanserik Nijetaliyev6:2Gʻolib2019Qozogʻiston chempionati Alibek Omarov6:4Gʻolib2020Qozogʻiston kubogi Arbi Muziyev5:0Finalist2021Qozogʻiston chempionati Almas Absejit2:5Gʻolib2021Jahon chempionati Nikita Livada7:4 2021-yilgi Qozogʻiston chempionatida Chimboyev finalda Almas Absejitga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berib muvaffaqiyatsizlikka uchragan. 2021-yil avgust oyida Chimboyev Jahon chempionatida Seymur Mammadov, Iossif Abramov va Uladsislau Radzivonauni magʻlub etib, finalga yoʻl olgan va Nikita Livadaga qarshi 7:4 hisobida gʻalaba qozonib yana bir-bor jahon chempioni boʻlgan. U shu yili 33 yosh, 4 oy va 15 kunligida hozirgi kunga qadar eng keksa ikkinchi jahon chempionlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek Aelichan Qaraneyevdan keyin Chimbayev Rossiya davlati nomidan qatnashgan oʻyinchi sifatida bilyardning ikki yoʻnalishi boʻyicha jahon chempioni boʻlgan ikkinchi qozogʻistonlik boʻldi.

Manbalar

Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Qozogʻiston sportchilari