Shahidlar masjidi (), xalq orasida Turk masjidi nomi bilan ham tanilganTurkish Mosque In Baku Closed For 'Repairs'. Radio Liberty/Radio Free Europe. 28 April 2009., Ozarbayjonning Boku shahrida, Shahidlar yoʻli yaqinida joylashgan masjid. 1990-yillar boshida Turkiya hukumati koʻmagida qurilgan. Hozirda masjiddan Turkiya elchixonasi diniy attashesining rasmiy qarorgohi sifatida foydalaniladi. 2009-yildan beri masjidda qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Shahidlar masjidi fasadida Qur’oni Karimning „Baqara“ surasi 154-oyati arab va turk tillarida bitilgan:

„Allohning yoʻlida qatl boʻlganlarni „oʻliklar“ demang. Balki ular tirikdirlar, lekin siz sezmassiz“.

Manbalar

Turkum:Bokudagi masjidlar