Gennadiy Ivanovich Granatkin (1913-yil 1-may, Urey qishlogʻi, Mordoviya Respublikasi – 1990-yil 19-yanvar, Kiyev) – sovet meʼmori, 1938-yildan SSSR Arxitektorlar ittifoqi aʼzosi, Fan va texnika sohasida xizmatlari uchun Ukraina Davlat mukofoti laureati.
Hayoti Gennadiy Ivanovich Granatkin Rossiya imperiyasi, Penza viloyati, Krasnoslobodskiy tumani, Urey qishlogʻida (hozirgi Yelnikovskiy tumani, Mordoviya Respublikasi, Rossiya) oddiy dehqon oilasida tugʻilgan. 1996-yil 8-fevralda reabilitatsiya qilinganGranatkin Jertvi politicheskogo terrora v SSSR.. Keyinchalik Gennadiy onasi Pelageya va aka-ukalari Nikolay, Andrey, Vasiliy, Stepan, Aleksey bilan Toshkentga koʻchib oʻtgan.
1932—1938-yillarda Toshkentdagi Oʻrta Osiyo sanoat institutining arxitektura fakultetida oʻqigan. 1938—1943-yillarda Toshkentdagi bir nechta qurilish tashkilotlarida ishlagan. Gennadiy Ivanovich Granatkin 1939—1940-yillarda qurilgan Toshkentdagi 50 xonadonli turar-joy binosi va yozgi kinoteatr loyihasi muallifi hisoblanadi.
1943—1945-yillarda armiya safida Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan. 2-darajali Vatan urushi ordeni bilan mukofotlangan (1945)Granatkin Gennadiy Ivanovich Vebsayt „Podvig naroda“..
1945-yildan „Kiyevgiprotrans“ loyiha institutida arxitektor (1951-yilgacha – Kiyevtransuzelproyekt), 1960-yildan Ukraina SSR Qurilish va arxitektura akademiyasining eksperimental loyihalash institutida bosh loyiha arxitektori, 1963-yildan turar-joy va jamoat binolarini eksperimental loyihalash boʻyicha Kiyev ilmiy-tadqiqot institutida (KiyevZNIIEP) bosh loyiha arxitektori, boʻlim boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
Gennadiy Ivanovich Granatkin 1990-yil 19-yanvarda Kiyevda vafot etgan. U Sovskiy qabristoniga dafn qilingan.
Loyihalari Toshkentda 50 xonadonli turar-joy binosi va yozgi kinoteatr (1939—1940). Vinnitsadagi poliklinika (1946). Ukraina SSR Avtomobil transporti vazirligining asosiy axborot-hisoblash markazining 17 qavatli binosi (1975-yil, hozirgi „Davlat avtomobilsozlik ilmiy-tadqiqot loyiha instituti“ davlat korxonasi binosi, Beresteyskiy prospekti, 57). 1-438A turar-joy binolari„Xruщevki“ 438-serii (5 etajey) Kievskaya nedvijimost.
Galereya
Adabiyotlar Гранаткин Геннадий Иванович [Изоматериал] : лич. лист чл. СА УССР. — : [б. и.], 1956. — 5 л. // . Гранаткин Геннадий Иванович // Сайт «Память народа»
Manbalar
Turkum:Sovet meʼmorlari Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari