Turanqulova Darigʻa Turanqulovna (; 1948-yil 22-fevral, SSSR, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani) – sovet va qozoq aktrisasi, teatr oʻqituvchisi, professor, Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan xodim (2011).

Hayoti Turanqulova Darigʻa Turanqulovna 1948-yil 22-fevralda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tugʻilgan.

1966-yilda Qurmangazi nomidagi Qozoq milliy konservatoriyasining kino aktyorligi va teatr sanʼati yoʻnalishiga oʻqishga kirgan va u yerni 1970-yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan.

1970-yildan hozirgacha T.K.Jurgenov nomidagi Qozogʻiston Milliy Badiiy Akademiyasining (KazNAI) teatr sanʼati fakulteti professori va sahna nutqi kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda. Turanqulova Darigʻa Turanqulovna Qozog‘iston Milliy Badiiy Akademiyasi professori hisoblanadi.

Ilmiy va adabiy asarlari Darigʻa Turanqulova 1999-yilda „Sahna nutqi“ darsligi (), 2001-yilda „Badiiy oʻqish qobiliyati“ darsligi (), 2003-yilda „Yashirin soʻz – bu sahna modasi“ darsligi (), 2011-yilda „Sahna nutqi“ darsligi (), 2016-yilda 4-jildli „Sahna nutqi“ () darsliklari muallifi hisoblanadi.

Mukofotlari Darigʻa Turanqulova Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-dekabrdagi farmoni bilan qozoq teatr sanʼati pedagogikasidagi ulkan xizmatlari uchun „Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xodim“ faxriy unvoni berilgan. Shuningdek, 2006-yil „Buyuk mehnati uchun“ medali, 2008-yil „Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan taʼlim xodimi“ koʻkrak nishoni, 2000-yil „Qozogʻiston Respublikasi taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishoni, 1990-yil „Mehnat faxriysi“ medali, 2016-yil „Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil“ medali, Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-dekabrdagi farmoni bilan qozoq teatr sanʼati pedagogikasi va ijtimoiy faoliyatidagi fidokorona mehnati uchun „Kurmet“ ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Qozogʻistonlik aktyorlar