Mixail Vladimirovich Grulev (1857-yil 20-avgust, Vitebsk viloyati, Rejitsa – 1943-yil 17-sentyabr, Nitssa) – harbiy boshliq, general-leytenant (1912), harbiy yozuvchi va jurnalist, rus-yapon urushi qatnashchisi.

Hayoti

Mixail Vladimirovich Grulev 1957-yil 17-sentyabrda Vitebsk viloyatining Rejitsa shahrida yahudiy oilasida tugʻilganPo drugim dannim, 20 marta 1858 goda (S. V. Volkov „Generalitet Rossiyskoy Imperii“, t. 1, str. 408).. U dastlab Sebej tumanidagi maktabda, undan soʻng Varshava piyoda kadet maktabida taʼlim olgan hamda 65-Moskva piyoda polkida ofitser lavozimiga koʻtarilgan (1882). Kadet maktabiga kirishdan oldin u pravoslavlikni qabul qilgan (1879). 1888-yilda Bosh shtab akademiyasini tamomlaganVneshnyaya torgovlya. Borba s kontrabandoy. 1889-yildan boshlab Amur va Turkiston harbiy okruglarida xizmat qilgan va Hindiston, Xitoy, Misr va Yaponiyaga bir necha marta sayohatlar qilgan.

Mixail Vladimirovich Grulev 1870-yil apreldan Toshkentda chiqadigan „Turkiston vedomosti“ gazetasining birinchi muharriri boʻlgan. Mixail Grulev Sungari daryosi boʻyidagi Rossiya savdo ekspeditsiyasini boshqargan. 1895-yilda Yaponiyadagi rus harbiy agenti boʻlgan. Xitoyning Sharqiy temir yoʻli qurilishi boʻyicha tadqiqotlar olib borgan Manchuriya ilmiy ekspeditsiyasi boshqaruvchisi boʻlgan. 1897-yilda Toshkentga qaytib kelgan va xizmat faoliyatini yuritgan.

1904–1905-yillardagi rus-yapon urushi paytida 11-Pskov piyoda polkiga qoʻmondonlik qilgan. Liaolyan jangida uning qoʻmondonligi ostidagi polk general A.A.Bilderling rahbarligi ostidagi polk bilan birgalikda yapon kuchlariga qarshilik koʻrsatganGlushkov V. V. „Kogda boy konchilsya, poyavilos takoe obilie nachalstva i vse … varvarski rugayut ostatki muchenikov“. // Voenno-istoricheskiy jurnal. – 2001. – №№ 1, 2.. Mixail Grulev Shahe daryosi yaqinidagi janglarda polk (keyinchalik diviziya) komandiri boʻlgan.

Urush oxirida, 1907–1909-yillarda u Bosh shtab boshqarmasi qoshidagi rus-yapon urushini tasvirlash boʻyicha harbiy-tarixiy komissiya aʼzosi boʻlib, „Tarix“ asarini tuzishda ishtirok etgan. 1910-yilda Brest-Litovsk qal’asining shtab boshligʻi boʻlgan.

Mixail Grulev 1912-yilda general-leytenant unvoni bilan nafaqaga chiqqan. Keyinchalik Nitssaga koʻchib ketgan va 1943-yil 17-sentyabrda vafot etgan.

Asarlari Sungari daryosi ekspeditsiyasi (1895). Sungari dayosining tavsifi (1895). Amudaryo: Oʻrta oqim haqida insho (1900). Pomir: Tarixiy va geografik eskiz (1904). Bosh shtab ofitseri va polk komandirining rus-yapon urushi haqidagi xotiralari (1908-1909). Hindistonning chegara qabilalarining soʻnggi 10 yildagi qoʻzgʻolonlari haqida insho (1909). Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati (1909). Armiya hayotidagi kunning dolzarb masalalari (1911). Yahudiy generalining eslatmalari (1930).

Manbalar

Havolalar Бердников Л. «…по долгу совести и принятой присяги». М. В. Грулев: генерал-еврей на службе России «Новый Журнал» 2010, № 258 Грулев М. В. Записки генерала-еврея. М.: Кучково поле; Гиперборея, 2007. Моё исповедное слово Нискеров Г. «Комментарий к комментарию».

Turkum:Harbiy arboblar Turkum:Geograflar Turkum:XIX asr geograflari