Andrey Vadimovich Trubnikov (8-fevral 1959-yil, Toshkent – 7-yanvar 2021-yil, Moskva viloyati) – rossiyalik tadbirkor. First Resolution kompaniyasining egasi. „Granny Agafyaʼs Recipes“ va Natura Siberica brendlari asoschisi. Rossiyaning eng yirik organik kosmetika brendini yaratuvchisi.
Biografiyasi Trubnikov yoshligida tadbirkorlik faoliyati haqida oʻylamagan. U DXOda ishlashni xohlagan, buning uchun ispan va serb-xorvat tillarini oʻrgangan. Biroq, davlat xavfsizlik organlariga tanlovdan oʻtmagan. Andrey Vadimovich ikki marta ajrashgani, spirtli ichimliklar qabul qilgani va qonunlar bilan bogʻliq muammolarga duch kelgani uchun Tashqi ishlar vazirligida diplomatik lavozimga ega boʻla olmagan. Biroq, uning oʻzi davlat xizmatida ishlashga unchalik qiziqmas edi. Oʻz mutaxassisligi boʻyicha ish bilan shugʻullana olmasligiga amin edi.
Biznesdagi ilk qadamlari Trubnikov tadbirkorlik faoliyatidagi ilk qadamlarini 1992-yilda boshlagan va Rossiyada spirtli ichimliklar sotadigan biznesni yoʻlga qoʻygan. Trubnikov 1998-yilda iqtisodiy inqiroz boshlanganligi sababli bankrot boʻldi. Qarzlarini toʻlash uchun hatto kvartirasini sotishga va „Xrushovka“ da yashashga majbur boʻldi. Uning shaxsiy jamgʻarmasidan atigi 5000 dollar va Volga avtomobilini sotganidan tushgan mablagʻi qolgan edi. Oʻz korxonasining moliyaviy muvaffaqiyatsizligidan soʻng, Trubnikov ruhiy tushkunlikka tushib, spirtli ichimliklarni koʻp miqdorda icha boshlagani xabar qilingan.
Hayotining soʻnggi yili 2020-yilda Natura Siberica COVID-19 pandemiyasi tufayli inqirozga duch keldi. Brend asoschisi Andrey Vadimovich kasallikdan aziyat chekdi. Natura Siberica mahsulotlarining savdosi uchdan biriga kamaydi. Koʻpgina xodimlar ishdan boʻshatildi. Kompaniya rahbari yangi voqelikka moslashishga va dezinfeksiyalash vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etishga harakat qildi, ammo u kechikkan, kompaniya inqirozga yuz tutgan edi.
Tadbirkor 2021-yilning 7-yanvarida 61 yoshida vafot etdi. U Moskva viloyatidagi oʻz uyida, shifokorlarning fikriga koʻra, surunkali kasalliklarning oqibatlaridan vafot etgan.
Manbalar
Turkum:8-fevralda tugʻilganlar Turkum:1959-yilda tugʻilganlar Turkum:2021-yilda vafot etganlar Turkum:7-yanvarda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Moskvada vafot etganlar