Nicholas Kaldor ( 12-may 1908-yil – 30-sentyabr 1986-yil), urush vaqtidan keyingi Cambridge universiteti iqtisodchisi. Toʻrsimon modelni shakllantirishda va iqtisodiy oʻsish qonunlarini yaratishda hissa qoʻshgan.

Biografiya

Nicholas Kaldor 1908-yilning 12-mayida Budapesht shahrida advokat oilasida tugʻilgan. Budapesht oʻrta taʼlim maktabini tugatgan. 1926—1927-yillarda Berlin universitetida, 1927—1930-yillarda London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabida (LSE) taʼlim olgan.

1940—1947-yillarda LSE da oʻqituvchilik qilgan. 1949-yildan Qirollik kolleji aʼzosi, 1966-yildan Cambridge universiteti professori.

1939—1945-yillarda bir qator Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarida iqtisodiy va moliyaviy maslahatchi sifatida ishlagan. 1963-yildan beri Britaniya Akademiyasi aʼzosi. 1974-yilda baron unvoni berilgan.

Manbalar