Defterdar masjidi yoki Defterdar Mahmut afandi masjidi () – Istanbulning Eyüp () shahrida joylashgan XVI asrga oid Usmonli masjidi.

Arxitekturasi Masjid qurilishi defterdar (bosh xazinachi) Nazli Mahmut afandi (taxminan 1500–1546) tomonidan buyurtma qilingan va 1542-yilda meʼmor Xoʻja Sinon tomonidan bunyod etilgan. Boshqa masjid gumbazlari tepasiga yarim oy shaklidagi ramziy belgi oʻrnatilib qoʻyilsa, ushbu bino gumbazining tepasida yarim oy oʻrniga masjid asoschisining kasbini ifodalagan holda „siyoh idishi va qalam“ qoʻyilgan ( soʻzi , „daftar, roʻyxatga olish“ va , „bajaruvchi“ degan maʼnoni anglatadi). Gumbazdagi siyoh va qalam 1997-yilda sodir boʻlgan boʻron tufayli buzilib ketgan. Oradan oʻn yil oʻtib, 2007-yil 30-mayda masjid gumbazining tepasiga yangi siyoh idishi va qalam oʻrnatilganCumhuriyet (Newspaper), 3 June 2007, page 15 .

Galereya

Yana qarang

Xoʻja Sinon

Manbalar

Havolalar

Image of the Defterdar Mosque in Eyüp Small set of pictures Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Istanbuldagi masjidlar Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar