Ivan Vasilyevich Yershov (1867-yil – 1943-yil, Toshkent) – rus va sovet opera xonandasi (dramatik tenor), pedagog. SSSR xalq artisti (1938)Bolshaya Sovetskaya Ensiklopediya. Gl. red. B. A. Vvedenskiy, 2-e izd. T. 15. Dokeri – Jeleznyakov. 1952. 652 str., ill.; 60 l. ill. i kart.. Lenin ordeni sohibi (1938). Sanʼatshunoslik fanlari doktori (1941).
Biografiyasi Ivan Yershov 8-noyabr 1867-yil Maliy Nesvetay qishlogʻida (hozirgi Alekseyevka qishlogʻi Oktyabr tumani, Rostov viloyati, Rossiya) tavallud topgan.
Ivan Vasilyevich 1888-yilda Moskva konservatoriyasiga oʻqishga kirdi. Xuddi shu yili A. Rubinshteynning talabiga binoan oʻqishi N. A. Rimskiy-Korsakov nomidagi Sankt-Peterburg konservatoriyasiga oʻtkazildi. Konservatoriyani tugatgandan soʻng (S. I. Gabel qoʻshiqchilik sinfi, O. O. Palechek opera sinfi) 1893-yilda Mariinskiy teatrida debyut qildi. 1893–1894-yillarda Milanda (Italiya) professor Rossi bilan mashgʻulot oʻtkazdi va opera teatrlarida Redjo-nel-Emiliya, Turin („Alfieri“) („Carmen“) va Kanio („Payatsi“) rollarini ijro etdi.
1894-yilda Xarkovdagi doimiy opera kompaniyasining solisti boʻlgan (hozirgi N. V. Lisenko nomidagi Xarkov opera va balet teatri).
1895–1929-yillarda Mariinskiy teatrining solisti boʻlib faoliyat yuritgan. Teatrdagi faoliyatini 1895-yil 5-aprelda Sh. Gunoning „Faust“ operasida F. I. Shalyapin bilan boshlagan (Mefistofelning partiyasi). Yershov 1915-yildan Petrograd konservatoriyasida dars bergan (1916-yildan 1941-yilgacha professor). Opera studiyasining asoschilaridan biri bilan sheriklikda bir qator spektakllar sahnalashtirgan (A. S. Dargomijskiyning „Kamenniy gost“, N. A. Rimskiy-Korsakovning „Tsarskaya nevesta“, Motsartning „Svadba Figaro“ va boshqalar). Talabalar orasida SSSR xalq artistlari S. P. PreobrajenskayaSofya Petrovna Preobrajenskaya // vokalno-ensiklopedicheskiy slovar, A. P. Ivanov, RSFSR xalq artisti T. N. Lavrova, RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist B. M. Freydkov kabi koʻplab mashhurlar boʻlgan.
Yershov A. G. Rubinshteyn haqidagi maqolalar muallifi („Voprosi muzikalno-ispolnitelskogo iskusstva“ toʻplami, 2-son, M., 1958)Gazeta „Vedomosti Verxovnogo Soveta SSSR“ № 1 ot 7 aprelya 1938 g..
Ivan Vasilyevich Yershov 1943-yil 21-noyabrda Toshkentda vafot etgan (boshqa maʼlumotlarga koʻra 28-noyabr). 1956-yilda Sankt-Peterburgdagi Tixvinskoye qabristoniga qayta dafn qilingan. Uning qabri turmush oʻrtogʻi S. V. Akimovaning qabri bilan yonma-yon joylashgan.
Manbalar
Turkum:SSSR xalq artistlari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1943-yilda vafot etganlar Turkum:21-noyabrda vafot etganlar Turkum:1867-yilda tugʻilganlar Turkum:20-noyabrda tugʻilganlar