Armen Tevanovich Ayriyev (Ayriyan, 1910-yil 20-sentyabr – 1966-yil 13-fevral, Toshkent) – sovet ofitseri, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi (503-hujum aviatsiya polkining eskadron komandiri, Janubiy fronti), Sovet Ittifoqi Qahramoni (1944), mayor.

Hayoti Armen Ayriyev 1910-yil 20-sentyabda Tug (Tuk, Tox) qishlogʻida (hozirgi Ozarbayjonning Xoʻjavend viloyati) arman dehqonlari oilasida tugʻilgan. U umrining koʻp qismini Oʻzbekistonda oʻtkazdi. U yerda Ishchilar fakultetining 2-kursini tamomlagandan soʻng Samarqandda „Dehqonin“ zavodida mexanik boʻlib ishladi.

Ayriyan 1931-yilda Qizil Armiya safiga qabul qilindi, bir yil oʻtib 1932-yilda KPSS (b) aʼzosi boʻldi. Qizil Armiya saflarida u kichik aviatsiya mutaxassislari maktabini va Engels harbiy aviatsiya maktabini tugatdi.

Ulugʻ Vatan urushining birinchi kunlaridan boshlab u frontda boʻlib, 503-shturmchi aviatsiya polkining eskadron komandiri lavozimini egallagan (206-hujum aviatsiyasi diviziyasi, 7-hujum aviatsiya korpusi, 8-havo armiyasi, Janubiy front). 1943-yil oktyabr oyiga kelib, kapitan Ayriyev dushman aerodromlari, oʻtish joylari, ishchi kuchi va texnikasi konsentratsiyasiga hujum qilish uchun bir yuz beshta jangovar topshiriqni bajardi. Shu bilan birga, unga ishonib topshirilgan eskadron uch yuz yigirma toʻrtta muvaffaqiyatli jangovar topshiriqlarni bajardi, buning natijasida u dushmanga katta zarar yetkazdi. Armen Ayriyev boshchilligidagi eskadron, ayniqsa, Taganrog dushman guruhini magʻlub etish va Donbassni ozod qilish paytida ajralib turdi.

Urushdan keyin Armen Ayriyev SSSR Harbiy havo kuchlarida xizmat qilishni davom ettirdi. 1947-yilda u Harbiy-havo kuchlari ofitserlarini takomillashtirish kursini tamomlagan. 1951-yildan mayor A.T.Ayriyev zahiraga olindi. Umrining oxirida Toshkentda yashagan, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasida ishlagan.

1966-yil 13-fevralda Toshkentda vafot etgan, Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari „Oltin yulduz“ medali Lenin ordeni Ikkita Qizil Bayroq ordeni (1941, 1942) Aleksandr Nevskiy ordeni Qizil yulduz ordeni "Stalingrad mudofaasi uchun" medali

Adabiyotlar Амирханян М. Д. Армяне — Герои Советского Союза. Ер., 2005. — 202 с.: ISBN 99930-4-342-7 Петросянц X.С. Крылатое племя. Ереван, 1980 Герои Советского Союза: Краткий биографический словарь / Пред. ред. коллегии И. Н. Шкадов. — М.: Воениздат, 1987. — Т. 1 /Абаев — Любичев/. — 911 с. — 100 000 экз. — ISBN отс., Рег. № в РКП 87-95382. Саркисян С. Т. Энциклопедия Арцах-Карабаха. Спб., 2005. : ISBN 5-9676-0034-5

Manbalar

Havolalar Авиаторы Второй мировой Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Moskva mudofaasi uchun medali bilan mukofotlanganlar Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari Turkum:Stalingrad mudofaasi uchun medali sohiblari Turkum:Jangovar xizmatlari uchun medali sohiblari Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sovet Ittifoqi Qahramonlari Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1966-yilda vafot etganlar Turkum:13-fevralda vafot etganlar Turkum:1910-yilda tugʻilganlar Turkum:20-sentyabrda tugʻilganlar