thumb|Iğdır genotsid yodgorligi va muzeyi
Armanlar qirgʻin qilgan shahid turklar xotirasi yodgorligi va muzeyi () yoki Iğdir genotsidi yodgorligi va muzeyi () arman genotsidini inkor etishni targʻib qiluvchi yodgorlik-muzey majmuasidir. Yodgorlik qurilishi 1997-yil 1-avgust — 1999-yil 5-oktyabr oraligʻida Turkiyaning Iğdır shahrida qurilgan. Balandligi boʻlib, Turkiyadagi eng baland yodgorlik hisoblanadiIğdır "Soykırım" Anıt-Müzesi , Governorate of Iğdır.
Davlat vaziri Ramazon Mirzaoʻgʻli yodgorlikning ochilish marosimida soʻzlagan nutqida, 1915—1920-yillar oraligʻida armanlar Iğdırda deyarli 80 ming kishini oʻldirganini aytib oʻtgan. Shuningdek, ochilish marosimida Turkiyaning oʻsha paytdagi prezidenti Süleyman Demirel ham ishtirok etgan "1915–1920 yılları arasında Iğdır'da yaklaşık 80 bin kişinin Ermeniler tarafından hunharca katledildiği...".
Yodgorlikning maqsadi Birinchi jahon urushi hamda Turkiya — Arman urushi davrida „Iğdır viloyatida armanlar sodir etgan qirgʻin va taʼqiblarni xotirlash“, deb eʼlon qilingan. Yodgorlik Birinchi jahon urushi davrida armanlar turklarni qirgʻin qilgan, degan gʻoya asosida armanlar genotsidini inkor etish uchun qurilgan. Fransuz jurnalistlari Laure Marchand va Guillaume Perrier yodgorlikka „tarixni qayta yozish va qurbonlarni aybdor shaxslarga aylantirish orqali Turkiya hukumatining 1915-yilgi genotsidni inkor etish siyosatining yakuniy karikaturasi“ deya taʼrif bergan. Bilgin Ayata Armenian Weeklyda yodgorlikni „tajovuzkorlik, millatchilik va ochiq dushmanlik“ deb tanqid qilganBilgin Ayata, "Critical Interventions: Kurdish Intellectuals Confronting the Armenian Genocide", Armenian Weekly, 29 April 2009.. Adolat va demokratiya uchun Yevropa arman federatsiyasi yodgorlik arman genotsidini inkor etish uchun yaratilganini eʼlon qilib, uni yopishni talab qildi.
Galereya
Yana qarang Turkiyada armanlarga qarshi kayfiyat Genotsidni inkor etish Birinchi jahon urushidagi Usmonlilar davlati qurbonlari Usmonli davlati parchalanishi davrida musulmonlarning taʼqib qilinishi
Manbalar
Havolalar
Turkum:Birinchi jahon urushidagi Usmonlilar davlati qurbonlari Turkum:Turkiyadagi Birinchi jahon urushi yodgorliklari Turkum:Iğdırdagi yodgorliklar Turkum:Arman genotsidini inkor etish Turkum:1999-yilda Turkiyada tashkil etilganlar Turkum:1999-yilda tashkil etilgan muzeylar