Basrishoh masjidi Hindistonning Kalkutta shahrida joylashgan eng qadimgi masjiddir. U Kalkutta tumanining Chitpur – Kossipor hududida, Panchanan Mukherji va Sett Pukur yoʻli kesishmasida joylashgan. Bu Kolkata Municipal Corporation tomonidan roʻyxatga olingan madaniy meros obyektlaridan biridir.
Masjidda uchta gumbaz va toʻrtta minora bor.
Tarixi thumb|Basrishoh ziyoratgohi|left Kalkutta tashkil etilishidan oldin hozirgi Basrishoh masjidi oʻrnida eski masjid boʻlgan. Hozirgi masjid hijriy 1219-yilda Jafir Ali tomonidan qurilgan. Masjid yaqinida joylashgan Basrishoh ziyoratgohi sharafiga shunday nom olgan. Basriy Iroqning Basra shahridan chiqqan avliyo boʻlib, 1760-1790-yillar orasida Kalkuttada istiqomat qilgan. Uning oʻlimidan keyin izdoshlari tomonidan ziyoratgoh qurilgan. Masjid koʻp yillardan davomida tashlandiq holatda qolib ketgan. Kolkata Municipal Corporation taʼmirlash ishlarini amalga oshirib, masjidni madaniy meros obyektlari roʻyxatiga qoʻshdi.
Yana qarang
Kolkata masjidi
Manbalar
Havolalar
Heritage List With Grade (PDF) :: Kolkata Municipal Corporation Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Kalkuttadagi masjidlar