Dorul Ehson masjidi () – Malayziyadagi 13 ta davlatdan biri hisoblanuvchi Selangor davlati Subang Jaya shahrida joylashgan birinchi masjid. Bino Subang Parade savdo majmuasiga tutashib ketgan SS 15 hududida joylashgan. Masjid 1983-yildan 1985-yilgacha oʻsha paytda yangi qurilgan Subang Jaya shaharchasi aholisiga xizmat koʻrsatish uchun bunyod etilgan. Dorul Ehson masjidi 1985-yilning 13-sentyabrida selangorlik Almarhum Sulton Salohiddin Abdulazizshoh tomonidan oʻz hukmronligining 25-kumush yubileyi munosabati bilan rasman ochib berilgan. right|thumb|250x250px| Masjidning ichki qismidagi namozxona

Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Malayziyadagi masjidlar