Devonaboy jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan. Masjid 1870-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan va 1950-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Jome masjidi madrasa va minora bilan birgalikda bir yarim gektar maydonni egallagan. Shuningdek, majmuaning hududida Andijon viloyati Adabiyot va san'at muzeyi joylashgan. 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 15000 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2021-yilda qayta taʼmirlangan.

Masjid binosi yonida ikkita minorasi boʻlib, har birining balandligi 50 metrni tashkil etadi. Manbalar

Turkum:Andijon shahridagi masjidlar