Ahrol Risqullayev (; 2-may 1985-yil, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik futbol hakami va sobiq futbolchi.

Futbolchilik faoliyati Ahrol futbolchilik faoliyatini „Paxtakor“ jamoasida boshlagan boʻlsada, keyinchali Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“, Gʻuzorning „Shoʻrtan“, Namanganning „Navbahor“, Navoiyning „Qizilqum“, Samarqandning „Dinamo“ va Qarshining „Nasaf“ jamoalarida oʻynagan.

2013-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida Dinamo jamoasi bilan amalda shartnomasi boʻlishiga qaramay Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. OFF tashkiloti bu holat belgilangan reglamentga zid ekanli sababli futbolchini 2013-yil 31-dekabrgacha futboldan chetlashtirilgan. Keyinchalik Risqullayev 2014-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan va hakamlik faoliyatini boshlagan.

Hakamlik faoliyati 2014-yildan hakamlik faoliyatini boshlagan boʻlsada, dastlab Oʻzbekiston ikkinchi ligasi va Maxsus oʻrtoqlik turnirlarida hakamlik qilgan. 2016-yilgi mavsumdan Oʻzbekiston Birinchi ligasi va Oʻzbekiston Superligasi oʻyinlariga jalb etilgan. 2021-yilgi Oʻzbekiston Kubogi finalini boshqargan. 2023-yilgi AFC U-23 Osiyo kubogida hakamlik qilgan. Ahrol Risqullayev 2023-yilgi mavsumda OʻFA tominidan Oʻzbekistonning eng yaxshi hakami deb topilgan.

Yutuqlari

Futbolchi sifatida

Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2002, 2003 AFC Kubogi chempioni: 2011

Hakam sifatida Oʻzbekistonning eng yaxshi hakami: (2) 2020, 2023 EAFF E-1 musobaqasining eng yaxshi hakami: 2022

Manbalar

Havolalar

Ahrol Risqullayev Transfermarkt saytida hakam profili hakam profili Ahrol Risqullayev Worldfootball saytida hakam profili Ahrol Risqullayev OʻzPFL saytida futbolchi profili Ahrol Risqullayev FootballfactsRu saytida futbolchi profili

Turkum:2-mayda tugʻilganlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol hakamlari