Qilich Burxoniddin jome masjidi – Andijon viloyati, Andijon tumanida joylashgan masjid. 1999-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid 1992-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Qurilishi Qilich Burxoniddin jome masjidining binosi XX asrning oxirgi oʻn yilligida qurilgan. Binoda bir vaqtning oʻzida 800 nafarga yaqin inson namoz oʻqishi mumkin. Masjid tarkibidagi kutubxonada umumiy 530 ta ilmiy va diniy kitoblar, qoʻllanmalar mavjud.

Masjid binosi mahalla ahli tashabbusi bilan 2012-yilda taʼmirlangan. Manbalar

Turkum:Andijon tumanidagi masjidlar