Bauijan Abdirashuli Yesmaxan (; 1975-yil 6-iyul) – qozogʻistonlik din arbobi, „Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi“ diniy tashkiloti rais oʻrinbosarlaridan (noyib-muftiy) biri. Ilgari u Aqtoʻbe viloyati bosh imom-xatibi va Aqtoʻbe viloyati diniy ishlar boʻlimi mudiri boʻlgan. Mashhur qozoq qoʻshiqchisi Yerke Yesmaxonning akasi.
Biografiyasi Bauirjan Yesmaxan 1975-yil 6-iyulda tugʻilgan. Istanbulda islomiy taʼlim olgan. 2008-yilda Q.Jubanov nomidagi Aqtoʻbe davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Uzoq vaqt Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining Aqtoʻbe viloyati boʻyicha vakili, Aqtoʻbe shahridagi eng yirik masjid – „Nur Gasir“ masjidining bosh imom-xatibi boʻlgan.
Keyinchalik Yesmaxan Aqtoʻbe viloyati din ishlari boʻlimi mudiri etib tayinlandi, oʻrniga Abdimutali Daurenbekov imom etib tayinlandi.
Hozirda u „Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi“ diniy tashkiloti raisining (noyib-muftiyning) uch oʻrinbosaridan biri.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:7-iyunda tugʻilganlar Turkum:Aqtoʻbe viloyati imomlari Turkum:Qozogʻiston din arboblari