Zaynilobiddin Shahobiddinovich Nizomiddinov (1974-yil 27-may, Sariosiyo tumani, Surxondaryo viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi.
Biografiyasi 1988–1991 — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani 16-maktab tajriba uchastkasi ishchisi, „Sangardak“ xoʻjaligi ishchisi.
1991–1996 — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi.
1996–1998 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hududiy tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi.
1998–2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi.
2003–2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari boʻyicha shoʻbasi mudiri.
2004–2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotda islohotlarni amalga oshirish yigʻma axborot-tahlil departamenti boshligʻi oʻrinbosari.
2005–2015 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati mudiri.
2015–2016 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparati rahbari.
2016–2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining ijro etuvchi apparati rahbari.
2018—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari lavozimlarida ishlagan.
2022-yildan 2025-yilgacha Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari.
2025-yildan buyon Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimiZaynilobiddin Nizomiddinov Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari