Shamsiddin Sharafidinovich Soxibnazarov – davlat arbobi. Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi. Yevroosiyo guruhi raisi oʻrinbosari.
Bolaligi Shamsiddin Soxibnazarov 1982-yil 5-yanvarda Fargʻona viloyatida tugʻilgan.
Taʼlimi 2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2012-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati Soxibnazarov mehnat faoliyatini 2004-yilda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Fargʻona viloyati boshqarmasida boshlaydi va u yerda turli rahbarlik lavozimlarida ishlaydi. 2007-yilda departamentning Toshkent viloyati boshqarmasiga oʻtadi va yerda ham turli rahbarlik lavozimlarida ishlaydi.
2010-yilda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida boshqarmaning ichki xavfsizlik boʻlimi katta inspektori etib tayinlanadi. U yerda to 2016-yilga qadar bosh inspektor va boshqarma boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2016-yilda ushbu boshqarmaning kadrlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi.
2017-yilda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. 2018-yilda esa departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. 2021-yildan boshlab departamentning Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi.
2023-yil 16-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. 2024-yil 16-aprel kuni ushbu lavozimdan ozod etiladi.
2023-yil 11-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Yevroosiyo guruhining 39-yalpi majlisida Sohibnazarov Shamsiddin Sharafidinovich 2024-yil yanvardan 2025-yil dekabrga qadar rais oʻrinbosari etib tasdiqlandi. Yevroosiyo guruhi davlatlararo tashkilot boʻlib, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan shugʻullanadi.
2024-yil 16-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga oʻrinbosar etib tayinlanadi.
Mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan „Sodiq xizmatlari uchun“ medali va „Mehr-saxovat“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. Adliya katta maslahatchisi unvoniga ega.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston huquqshunoslari