1990 – ukrainalik qoʻshiqchi Maks Barskixning beshinchi studiyaviy albomi, 2020-yil 9-oktabrda Sony Music Entertainment leybli boshqaruvi ostida chiqarilgan. Ushbu albom trilogiyani yakunlaydi, uchlikka esa quyidagilar kiradi: Tumani, 7, 1990. Maksning soʻzlariga koʻra, albom nomi uning tugʻilgan yili bilan nomlangan va qoʻshiqlarning oʻzi 80- va 90-yillar uslubida yaratilgan.
Tarixi Dastlab, albom 11 ta trekdan iborat edi, ammo keyinchalik unga Misha Romanova bilan ijro etilgan duet ham qoʻshildi.
Albomning konsert taqdimoti 2020-yil 12-dekabrda eʼlon qilindi. Memo Dine & Bar oʻtkaziladigan joy sifatida tanlangan, biroq Maksning chiqishlaridan soʻng, konsert zali COVID-19 profilaktikasi choralari buzilgani va tungi vaqtda ishlagani uchun vaqtincha yopilgan.
Albom chiqishidan oldin Maks Barskix oʻzining Instagram sahifasiga qoʻshiqlardan parchalar va albom muqovasini joylashtirdi.
Singllar 2019-yil 22-noyabrda albomni qoʻllab-quvvatlovchi bosh singl sifatida chiqarilgan „Ley, ne jaley“ qoʻshigʻi chiqdi. Oʻsha kuni mood-video, 2020-yilning 7-fevralida esa rasmiy klip chiqarildi. Ikkala videoishga Alan Badoyev rejissyorlik qilgan.
2020-yil 28-fevralda „Nebo lyot dojdyom“ birinchi promo-singl chiqdi. Qoʻshiq bilan birga mood-video ham chiqarildi. Uni ham Alan Badoyev suratga olgan.
2020-yil 8-martda, Xalqaro ayollar kuni va Maks Barskixning tugʻilgan kunida albomni qoʻllab-quvvatlovchi ikkinchi promo-singl sifatida „Dvoє“ qoʻshigʻi chiqarildi. Qoʻshiq ukrain tilida yozilgan. Oʻsha kuni rejissyor Alan Badoyev tomonidan mood-video ham chiqdi.
2020-yil 15-mayda „Po sekretu“ qoʻshigʻi chiqdi, bu albomni qoʻllab-quvvatlovchi ikkinchi va oxirgi singl boʻldi. Chiqarilgan kuni trekning klipi ham chiqdi. Bu ishda ham Alan Badoyev rejissyorlik qilgan .
Treklar roʻyxati
Manbalar
Turkum:2020-yil albomlari