Discovery Gardens () – Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri Jebel Ali tumanida joylashgan mahalla.
Tarixi Discovery Gardens Jebel Ali tumanining shimoliy qismini tashkil qiladi. Jebel Ali qishlogʻi 1977-yilda qurilish pudratchilari xodimlarini turar-joy bilan taʼminlash maqsadida qurilgan. Bu vaqtda Shayx Rashid bin Said al-Maktum Jebel Alini oʻz aeroporti (hozirgi al-Maktum xalqaro aeroporti), port (hozirgi Jebel Ali porti) va shaharchasi (hozirgi Jebel Ali shaharchasi) boʻlgan sanoat hududiga aylantirishni rejalashtirgan edi. Hudud William Halcrow va Partner loyihasi asosida samarali ravishda Britaniya uslubidagi kichik bogʻ shahriga aylantirilgan.
Ushbu hududning keyingi loyihasi 2008-yildan boshlab Nakheel Properties tomonidan ishlab chiqilgan. Jumladan, 2013-yilda hudud seldan zarar koʻradi. COVID-19 pandemiyasi davrida aholi va tijorat obyektlari tomonidan toʻlanadigan ijara haqidan voz kechilgan.
Manzili Discovery Gardens Dubayning janubiy chekkasida Shayx Zayd yoʻli va Amirlik yoʻli oʻrtasida joylashgan„Discovery Gardens: District, Jebel Ali District, Dubai“. Propsearch. UAE. Retrieved 25 May 2021.. Hudud al-Furjan, janubda Jebel Ali qishlogʻining asosiy hududi va The Gardens mahallalariga yaqin. Discovery Gardens, shuningdek, Expo 2020 oʻtkaziladigan joyga ham yaqin hudud hisoblanadi. Atrofini oʻrab turuvchi bogʻlar tufayli ham Discovery Gardens „Yangi Dubayning eng yashil hududi“ deya taʼriflangan.
Discovery Gardensda 300 ga yaqin bino, jumladan, 26 mingdan ortiq xonadon, 200 ta chakana savdo doʻkonlari va uchta tibbiyot punkti faoliyat koʻrsatadi„Discovery Gardens“. AreaGuides. Bayut. Retrieved 25 May 2021..
Madaniyati 2011-yilda chop etilgan „Desperate in Dubai“ (Dubaydagi umidsizlik) romanida va 2019-yilda chop etilgan „Temporary Cities: Resisting Transience in Arabi“ (Vaqtinchalik shaharlar: Arabistondagi oʻtkinchilikka qarshi turish) kitoblarida hudud nomi tilga olingan.
Manbalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda