Al-Muhojir ibn Xolid ibn al-Valid () (657-yilda vafot etgan) – xalifa Ali () qoʻshini tarkibida xizmat qilgan, atoqli sarkarda Xolid ibn Validning oʻgʻli. Siffin jangida vafot etgan.

Hayoti Al-Muhojirning otasi Xolid ibn Valid Qurayshning boy Banu Maxzum urugʻidan boʻlgan ilk musulmon istilolarining yetakchi sarkardasi edi. Al-Muhojir akasi Abdurrahmon ibn Xolid ibn al-Validdan farqli ravishda Birinchi fitna davomida xalifa Ali tarafdori boʻlgan, 657-yilning yozida boʻlib oʻtgan Siffin jangida Alining asosiy dushmani Suriya hokimi va Damashq xalifaligining boʻlajak asoschisi Muoviya I qoʻshiniga qarshi jangda halok boʻlgan. Abdurrahmon 666–667-yilda Muoviyaning buyrugʻi bilan zaharlanib oʻldirilgani iddao qilingandan soʻng, Makkadan kelgan al-Muhojirning oʻgʻli Xolid Suriyada amakisini zaharlagan Muoviyaning tabibi Ibn Utalni oʻldirgan va shu sababli hibsga olingan, keyinchalik qon puli toʻlaganidan keyin qoʻyib yuborilgan. Xolid ibn Muhojir ham shoir edi. U Ikkinchi fitnada Umaviylarga qarshi xalifalikka daʼvogar Abdulloh ibn az-Zubayr tarafdori boʻlgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Banu Maxzum Turkum:657-yilda vafot etganlar Turkum:Ali Turkum:Birinchi fitnada ishtirok etgan kishilar