Muhammad Aʼzamxon (1820—1870; forscha: ) – 1867-yil 7-oktyabrdan 1868-yil 21-avgustgacha Afgʻoniston amiri. U 1820-yilda tugʻilgan va Doʻstmuhammadxonning beshinchi oʻgʻli. U etnik pushtun va Barakzoi urugʻiga mansub boʻlgan. Aʼzamxon 1867-yil 7-oktyabrda akasi Muhammad Afzalxon vafotidan soʻng taxtga oʻtiradi. Sheralixon Afgʻoniston amiri lavozimiga tiklandi va uning qoʻshinlari 1868-yil 21-avgustda Kobulni egallab oldilar. Sheralixonning oʻzi 1868-yil 8-sentyabrda Kobulga kirdi. Muhammad Aʼzamxon Seyistonga, soʻngra Eronga qochib, 1870-yilda oʻsha yerda vafot etadi.

Manbalar

Turkum:1870-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr afgʻon hukmdorlari Turkum:Afgʻoniston amirlari Turkum:Barakzoilar sulolasi Turkum:Pushtunlar Turkum:19-asr afgʻon siyosatchilari Turkum:Osiyodagi 19-asr hukmdorlari Turkum:1820-yilda tugʻilganlar