Sahobi daraxti, shuningdek, al-Buqayaviyya daraxti (muborak daraxt) () – Iordaniyaning Safaviy shahrida joylashgan 1500 yoshli daraxt. Iordaniya poytaxti Amman shahridan 156 km uzoqlikda, Makka va Damashq shaharlari oʻrtasidagi eski savdo yoʻlida joylashgan. Avvallari savdo va boshqa turdagi karvonlar aynan shu yoʻl orqali qatnovlarini amalga oshirgan.
Diniy ahamiyati Savdo karvonlaridan biri Makkadan Suriya tomon ketayotganida Muhammad ham ushbu karvondagilar orasida bor edi. Oʻshanda boʻlajak paygʻambar 12 yoshda boʻlib, amakisi Abu Tolib ibn Abdulmuttalib bilan birga edi. Karvon toʻxtagan paytda Muhammad shu daraxtning soyasi ostida oʻtiradi. Bir qancha islomiy manbalarga koʻra aynan shu daraxt ostida rohib Bahira Muhammadning paygʻambar ekanligini bashorat qilgan.
Sahobi daraxti joylashgan hudud Iordaniyaning turistik diqqatga sazovor joyi boʻlib, har yili koʻplab musulmonlar daraxtni koʻrish va ziyorat qilish uchun tashrif buyurishadi.
Himoya Iordaniya qiroli Abdulloh daraxtni himoya qilish maqsadida uning atrofiga panjara oʻrnatishni buyurgan.
Manbalar
Turkum:Muhammadning hayoti