Intuitive Machines — Amerikaning kosmik texnologiyalar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi. Kompaniya 2024-yil fevralida IM-1 missiyasi doirasida Oyga ilk parvozini amalga oshirgan Nova-C qoʻnuvchi qurilmasini ishlab chiqqan.
Tarixi
Kompaniya 2018-yil noyabr oyida NASA tomonidan Commercial Lunar Payload Services (CLPS) dasturi doirasida 9 ta kompaniyadan biri sifatida tanlab olindi. Kompaniyaning Nova-C oʻzi qoʻnuvchi moduli NASA tomonidan Oyning tabiiy resurslarini oʻrganish va ulardan foydalanishga qaratilgan ushbu dasturning birinchi loyihasi sifatida taklif qilingan.
2019-yil 31-may kuni NASA Intuitive Machines kompaniyasiga Nova-C qoʻnuvchi qurilmasini ishlab chiqish va uni Oyga uchirish uchun 77 million dollar ajratganini eʼlon qildi.
2020-yil 13-aprel kuni Intuitive Machines oʻzining birinchi tijorat missiyasi Oyning Shryoter vodiysi yaqiniga qoʻnishni moʻljallanayotganini maʼlum qiladi.
2021-yil 22-aprel kuni qoʻnish joyi Oyninv Aniqlik dengizi va Inqiroz dengizi oraligʻidagi nomaʼlum joyga oʻzgartirilgani maʼlum qilindi.
2023-yil 14-fevral kuni NASDAQ fond birjasida Intuitive Machines kompaniyasining aksiyalari savdosi boshlandi.
Fevral oyida kompaniya Inflection Point Acquisition kompaniyasi bilan oʻzaro birlashish jarayonini yakunladi va Delaver shtatida roʻyxatdan oʻtadi.
2024-yil 15-fevralda Intuitive Machines kampaniyasining (IM-1) Nova-C qoʻnuvchi modulini Oy yuzasiga yetkazish uchun birinchi parvozni amalga ishirdi. Modul 2024-yil 22-fevral kuni GMT bilan soat 23:23 da Oyning janubiy qutbi hududidagi Malapert krateri yaqinida qoʻndiMoon landing: US clinches first touchdown in 50 years, Reuters, February 23, 2024.
Ushbu parvoz muvaffaqiyatli amalga oshgandan soʻng kompaniyaning aksiyalarining narxi deyarli 1,5 baravar yoki 2024-yilning ilk kunidagi narxiga nisbatan 3 baravarga koʻtarildi.
Mahsulotlar
Nova-C Nova-C – yengil qoʻnish qurilmasi (moduli) boʻlib, Oy yuzasiga kichik tijorat yuklarini yetkazish uchun moʻljallangan. Ushbu modul uchirilishi Falcon-9 raketasi yordamida amalga oshirililadi.
Boshqa mahsulotlar
Yengil vaznli Nova-C modulidan tashqari kompaniya qoʻshimcha ravishda, oʻrta va ogʻir yuk koʻtarish imkoniyatiga ega Nova-D va Nova-M modullarini ishlab chiqarishni rejalashtirgan
Intuitive Machines NASAning Jonson kosmik markazi bilan hamkorlikda xalqaro kosmik stansiyadan yuklarni qayta olib tushish uchun moʻljallangan Universal Return Vehicle (URV) modulini ishlab chiqdi.
Yana qarang
Aerobotic
Manbalar
Havolalar
https://intuitivemachines.com Turkum:Kompaniyalar Turkum:Kosmik parvoz navigatsiya qutilari