MEGOGO (rus. Megogo) – televideniye, kino, sport koʻrsatuvlarini tomosha qilish va audio tinglash uchun yaratilgan xalqaro media xizmati. Kompaniyaning bosh ofisi Ukrainaning Kiyev shahrida joylashgan. 2021-yil iyul oyida servisda ukrain tilida 20 ming kontent mavjud boʻlgan. Oylik auditoriya: 55 milliondan ortiq foydalanuvchini tashkil etadi. Foydalanuvchilarning aksariyati Ukrainadan, qisman Qozogʻiston, Belorussiya, Boltiqboʻyi mamlakatlaridan turib kuzatadilar. Resurs katalogida 200 ming soatdan ortiq kontent mavjud. Media xizmati mashhur studiyalar bilan hamkorlik qiladi: FOX, BBC, Sony Pictures, Walt Disney, Universal Pictures, Warner Bros., Paramount Pictures va boshqalar. Hammasi boʻlib MEGOGO 10 000 dan ortiq bepul kontentga ega, shu jumladan 4500 dan ortiq filmlar va 1500 multfilmlarni oʻz ichiga oladi. 2020-yil iyul oyida audiokitoblar, asosan, zamonaviy Ukraina adabiyoti ishlab chiqarila boshlandi.
2020-yil noyabr oyida MEGOGO 2021–2024-yillarga moʻljallangan Ukrainada Yevropa futbol kuboklarini koʻrsatish boʻyicha tenderda gʻolib chiqdi, taʼlim loyihalari va yangi audio yoʻnalishlarni ishga tushirdi va oʻyin segmentini rivojlantirishni boshladi.
2021-yilda MEGOGO oʻzining „MEGOGO Voice“ dublyaj studiyasini ishga tushirdi.
2022-yil fevral oyida MEGOGO media xizmati Sovet va Rossiya ishlab chiqarishining barcha kontentini oʻchirib tashladi va Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikni toʻxtatib, Rossiyadagi xizmatga kirishni yopdi. Bunga Rossiyaning Ukrainaga bosqini sabab boʻldi. 2023-yil fevral oyida MEGOGO Varshavada oʻz ofisini ochdi.
Manbalar
Turkum:Veb-saytlar