Mutalov Shuhrat Axmatjonovich — oʻzbekistonlik pedagog va davlat arbobi. 2017—2020-yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori. Biografiyasi 1979-yil 17-may kuni Toshkent viloyatida tavallud topgan. 2001-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini atrof-muhit muhofazasi mutaxasisligi boʻyicha tamomlagan. Mehnat faoliyati 2001—2005-yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti sanoat ekologiyasi kafedrasi asistenti, katta oʻqituvchisi, 2005—2010-yillari marketing xizmatlari boʻlimi boshligʻi, 2010—2012-yillarda oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti dekani, 2012—2017-yillar oʻquv ishlari boʻyicha prorektori, 2017—2020-yillarda esa rektori lavozimlarida ishlagan.

2020-yildan buyon Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ilmiy ishlari 1 ta monografiya va 60 ta ilmiy ishlar muallifi, 4 ta mualliflik guvohnomasi mavjud.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari