Daniel Lucius „Doc“ Adams (1814-yil, 1-noyabr -1899-yil, 3-yanvar) amerikalik beysbolchi va ijrochi boʻlgan, tarixchilar maʼlumotiga koʻra sportning dastlabki yillarida muhim shaxs sifatida qabul qilingan. Faoliyatining koʻp qismi New York Knickerbockers jamoasi aʼzosi sifatida oʻtgan. Daniel Lucius birinchi marta 1840-yilda Nyu-York Base Ball klubida oʻynagan va besh yildan soʻng „Knickerbockers“da faoliyatini boshlagan, qirq yoshida klubda oʻynashni davom ettirgan va jamoalararo oʻyinlarda va raqib jamoalarga qarshi oʻyinlarda qatnashgan. Tadqiqotchilar Adamsni qisqa toʻxtash pozitsiyasining yaratuvchisi deb atashdi, u bu pozitsiyadan tashqi himoyachilikda qisqa zarbalar berishda foydalanardi. Oʻzining beysbolchilik faoliyatidan tashqari, Adams beysbol toʻplarini ishlab chiqardi va beysbol jihozlarini ishlab chiqarishni nazorat qildi, u shu bilan birgalikda hakam vazifasini ham bajargan.

1847-yildan 1861-yilgacha Knickerbockers jamoasining Adams olti marta prezidenti, olti yil ichida vitse-prezident, gʻaznachi va direktor etib saylangan. Klub prezidenti vazifasida Adams beysbolda qoidalarini oʻzgarishi tarafdori edi, natijada toʻqqiz kishidan iborat jamoalar va toʻqqiz marta oʻynaniladigan oʻyinlar paydo boʻldi. 1858-yilda asosiy sport oʻyinchilari milliy assotsiatsiyasi tashkil etilgan. Adams yangi tashkilotning qoidalarini va tartibga solish qoʻmitasini boshqargan. Oʻz vazifasida Adams faoliyatining asosi 90 futdan (27 metr) bir sakrashdan keyin ushlab qolingan toʻpni aut qilish imkonini beradigan „cheklangan qoida“ ni yoʻq qilish uchun zamonaviy qarashni qoʻllab-quvvatladi. U 1862-yilda Knickerbockers jamoasida va asosiy sport oʻyinchilari milliy assotsiatsiyasida oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Adamsning beysbol qoidalarini yaratishdagi hissasi 1899-yilda oʻlimidan keyin oʻn yillar davomida tan olinmadi, ammo 1980-yilda The New York Times gazetasida u haqidagi xabar paydo boʻldi, 1993-yilga kelib tadqiqotchi Jon Torn Adamsning haqida yozgan. Boshqa tarixchilar Adamsga sportni rivojlanishiga sababchi boʻlgani uchun minnatdorchilik bildirishgan va Adamsni „beysbol kuchlilar orasida birinchi“ deb hisoblagan.

Yale universiteti va Garvard Tibbiyot maktabini tugatgan. Adams 1830-yilning oxirida tibbiyot sohasida ishlay boshlagan va Nyu-York shahrida Knickerbockers jamoa aʼzosi sifatida amaliyot oʻtagan. 1865-yilda u tibbiyotni tark etdi va keyinchalik bank prezidenti va Konnektikutning qonun chiqaruvchi organ aʼzosi boʻlib ishlagan. Adamsning 5 nafar farzandi bor edi.

Hayotining boshlanish davri 1814-yil 1-noyabrda Nyu-Xempshir shtatining Mont-Vernon shahrida tugʻilgan. Adams Daniel va Nensi Adamsning 5 ta farzandidan toʻrtinchisi boʻlgan. Keksa Daniel Adams shifokor va yozuvchi edi, u 1800-yilning boshi va oʻrtalarida Amerika Qoʻshma Shtatlarida keng foydanilgan matematika darsligini yaratgan. 1826-yildan 1828-yilgacha Nyu-Xempshirdagi Kimball Union akademiyasida va Massachusetsdagi Mount Pleasant klassik instituti Amherstda oʻqiganidan soʻng, Adams 1831-yildan 1838-yilgacha 3 ta kollejda oʻqidi. U Amherst kollejida ikki yil tahsil oldi, keyin Yale universitetida oʻqidi va u yerda 1835-yilda oʻqishni tamomlagandan soʻng bakalavr darajasini oldi, Danielning singlisi Nensi Adams 1830-yillarning boshlarida yozgan xatida u shu paytdan boshlab „jihozlar va toʻplar“ bilan oʻynashni boshlaganini yozgan.

Adams 1838-yilgacha Garvard Tibbiyot maktabida oʻqishni davom ettirdi va doktorlik darajasini oldi. Kollejda oʻqiganidan soʻng u otasining tibbiy malakasiga erishdi. Yosh Adams ikki marta, avval Bostonga, keyin Nyu-York shahriga koʻchib oʻtgan, Mont Vernonda ishlagan. Adams shuningdek, qashshoq aholiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan Nyu-York dispanserlarida ishlagan. U vabo epidemiyasi Nyu-York shahriga taʼsini koʻrsatganida Adams oʻz yordami koʻrsatdi. Bemorlarni emlashda qatnashgani uchun Adams har yili 400 dollar maosh oldi. Uning ish sohasidan kelib chiqib „Doc“ laqabini keltirib chiqardi.

Oʻyindagi mavqeyi Beysbol tarixchisi Jon Tornning yozishicha, 1839-yil Adams beysbolchi boʻlgan yildir. 1896-yilda The Sporting News gazetasiga bergan intervyusida Adams „Nyu-Yorkka borganimdan keyin, men nechta hamkasb shifokorlar bilan mashgʻulotlar uchungina beysbol oʻynab boshladim“, dedi. 1840-yildan boshlab u Nyu-York Base Ball klubida oʻynagan. Bu jamoa 1837-yilda tashkil etilgan boʻlib, Nyu-York Knikerbokersdan sakkiz yil oldin va bu jamoadan koʻra zamonaviyroq yaratilgan. Adams oʻyinning dastlabki qismida oʻynagan, ammo Torn „qanday atalishidan qatʼiy nazar, beysbol ekanligini tushunganini“ yozadi. alt=A drawing of several members of the New York Knickerbockers baseball team. One player is holding a baseball bat, while behind him three members are sitting or standing in front of a house.|thumb| Homer Davenport tomonidan chizilgan, mashgʻulot paytidagi Knickerbockers jamoasi. Adams boshqa jamoa aʼzolarini mashgʻulotlarga yetakchilik qilgan. Adams 1845-yil 23-sentyabrda jamoa yaratilganidan bir necha oylar oʻtgach, Knickerbockers jamoa aʼzosi boʻlish taklifini oldi. U tibbiyot sohasidagi boshqa hamkasblar bilan birga klubni qabul qildi va qoʻshildi, u keyinchalik „Nyu-York Base Ball Club“ oʻyinchilari „Knickerbockers“ning shakllanishi ortida turganligini ilgari surgan. Klubning mashgʻulot oʻyinlarining maʼlumotlariga koʻra uning 1845-yil 18-noyabrgacha Knickerbockers aʼzosi boʻlganligini koʻrsatadi. Oʻsha kuni boʻlib oʻtkazilgan jamoalararo oʻyinda, bu „Knickerbockers“jamoasi oʻyini yilning soʻnggi oʻyini boʻlgan, Adams oʻz jamoasi uchun 9 ta yugurish toʻpladi, chunki ular Uilyam R. Uiton tanlagan tomonni 51-42 hisobida magʻlub qildi. Klub oʻzining birinchi oʻyinini 1846-yilda tashqi raqibga qarshi oʻtkazdi, 5-iyun kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda Adams uch kishilik qoʻmita tarkibiga saylandi, uning maqsadi Nyu-York Base Ball Clubga qarshi oʻyin tashkil etish edi. Qoʻmitaning saʼy-harakatlari muvaffaqiyatli boʻldi va 19-iyun kuni oʻyin oʻtkazilishi belgilandi Adams musobaqada ishtirok etdi, unda Knickerbockers 23:1 hisobida magʻlub boʻldi. Knickerbockers jamoasida ikkinchi boʻlib, u bitta toʻpni oʻtkazib yubordi va gol ura olmadi.

Knickerbockers 1847-yildan 1850-yilgacha boshqa klublarga qarshi hech qanday oʻyin oʻtkazmagan. Bu yillar davomida jamoa oʻz ishtirokchilarini haftasiga ikki marta bir-biriga qarshi oʻynagan ikki jamoaga boʻlinib. Adamsning soʻzlariga koʻra, u tez-tez Knickerbockers aʼzolarini kengashlarida qatnashishga majbur qilishga uringan. U faqat vaqti-vaqti bilan muvaffaqiyatga erishdi va bir nechta Knickerbockers kelganda, ular oddiy oʻyinlarga qaraganda kamroq oʻyinchilarni talab qiladigan beysbol variantlarini oʻynashdi. 1851-yilning iyun oyida ikki marta jamoa Vashington Base Ball Clubga qarshi oʻynadi va natijada 21-11 va 22-20 hisobida gʻalaba qozondi. Birinchi oʻyin haqida statistika mavjud emas, Ikkinchi oʻyinda Adams „Knickerbockers“ uchun ikkita gol urdi. 1853-yilda Adams Gotham Ball Clubga qarshi ikkita oʻyinda oʻynadi va bir juft gʻalabada yettita natijani qayd etdi. 1854-yil ikki jamoa iyun oyidan oktyabr oyigacha uch marta uchrashishdi. Adams har bir oʻyinda bitta yugurish oʻtkazdi. Dastlabki ikkita bahsni ajratib boʻlgandan soʻng, ularning 1854-yil 26-oktyabr oyidagi oʻyini soat kechasi 12 da davom ettirdi va qorongʻulik tufayli toʻxtatildi, hisob 12-12, har ikki jamoa oʻsha vaqt qoidalariga koʻra oʻyinda gʻalaba qozonish uchun zarur boʻlgan 21 ta yugurishlar kamlik qildi.

Noyabr oyida Adams Eagle Base Ball Clubga qarshi ikkita oʻyinda ishtirok etmagan keyin u 1855-yil 1-iyunda Gothamga qarshi oʻyinda Knickerbockersning tarkibiga qaytdi va Gotham 21-12 hisobida ustun kelgan boʻlsa-da, uch marta gol urdi . U Eagle va Gothamga qarshi ikkita boshqa 1855-yildagi oʻyinda qatnashdi va mos ravishda beshta yugurish toʻpladi, chunki Knickerbockers ikkala musobaqada ham gʻalaba qozondi. Adams 1856-yilda klub uchun toʻrt marta tashqi raqiblarga qarshi kurashgan, chunki u bir marta gʻalaba qozongan, ikki marta magʻlub boʻlgan va bir marta durangga boʻlgan, u oʻn marta gol urdi va ikkita oʻyin rekordlari uning himoyadagi pozitsiyasi qisqa boʻlganligini koʻrsatdi. Knickerbockers jamoa 1857-yilda Adams ishtirok etgan raqobatbardosh oʻyinlarda 2-2 gʻalaba qozonish va magʻlubiyatga uchragan. Uch marta qisqa toʻxtashda va bir marta birinchi tarkibda himoyada oʻynab, u 12 ta hujumda oʻz hissasini qoʻshdi, jumladan, 24-iyun kuni Knickerbockers Empire jamoasidan 37:23 hisobida gʻalaba qozonishida 6 ta harakat qilgan. 1858–yilda Adams Knickerbockers safida tashqi raqibga qarshi toʻrtta oʻyin oʻtkazdi va toʻqqizta gol urdi, ammo oʻyinlarda jamoa 1-3 hisobida muvaffaqiyat qozondi. U oʻzining himoya pozitsiyasini ikkinchi tarkib, uchinchi tarkib va qisqa toʻxtash oʻrtasida oʻzgartirdi.

Oʻyin uslubi alt=A diagram of a baseball field and defensive positions, with shortstop highlighted on the left side of the infield.|right|thumb| Adams qisqa toʻxtash pozitsiyasini yaratuvchisi ekanligi taʼkidlangan Torn va Milliy beysbol shon-shuhrat zaliva muzeyi tadqiqotchisi Freddi Berovskining bayoniga koʻra, Adams oʻyinchi sifatida qisqa toʻxtash pozitsiyasi tushunchasini yaratgan. Dastlabki besh yil ichida „Knickerbockers“ jamoasida oʻynadi, jamoada 8 dan 11 gacha ishtirokchi maydonga tushishi mumkin. Maxsus ichki himoyachilar bazalarning har birini qoplaydigan oʻyinchilar edi, agar sakkizdan ortiq oʻyinchi boʻlsa, baʼzida tashqi himoyachilar oʻynagan. Tashqi himoyachilarda beysbol toʻplarini ichki maydonga tashlashda qiynalardi, chunki toʻplar engil vaznga ega. Adamsning 1849-1850-yillarda oʻynashni boshlagan qisqa toʻxtash pozitsiyasi tashqi himoyachilardan maydonga otish va uchta ichki himoyachiga tashlash uchun ishlatilgan . Yuqori sifatli beysbol toʻplari paydo boʻlishi bilan Adams maydonga qarab harakat qildi, chunki toʻplar masofasi ortib bordi. Qisqa toʻxtash joyi ixtiro qilinishidan oldin, maydonlarni himoya qilishda katta maydon mavjud edi. Himoyachi oʻyinchilar bazalar yonida turishga moyil boʻlib, ular oʻrtasida zarbalar uchun boʻsh joy qoldirdi. Qisqa toʻxtash joyi ikkita maydondan birini toʻldirdi.

Adams chap qoʻl bilan zarba berdi, uning maʼlumotiga koʻra, uning toʻplari vaqti-vaqti bilan Elysian maydonlari boʻyidagi daryoga, New Jersey shtatining Hoboken shahridagi yerga tushib ketgan, u yerda Knickerbockers mashq qilgan va oʻynagan. Adams Knickerbockers bilan uzoq vaqt beysbol maydonda ishlagan, 1859-yilgacha u jamoada hujumchi sifatida qolgan. U oʻz oʻyinini qisqa toʻxtash bilan cheklamadi, u toʻpni oshirib berishdan tashqari barcha pozitsiyalarda maydonga tushdi. Beysbol oʻyinchilarining nisbiy ishlashi haqida kam narsa maʼlum va oʻyin raqobatbardosh oʻyinlardan farqli oʻlaroq, asosan dam olish uchun edi. Tornning fikricha, Adams „1840-yillarning eng yaxshi oʻyinchisi“ boʻlgan boʻlishi mumkin va bu uning uzoq oʻyinchilik faoliyatini dalili sifatida keltirgan.

Jihoz ishlab chiqarish va hakamlik faoliyati Beysboldan tashqari, Adams beysbol jihozlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullangan. U shaxsan bir muddat beysbol toʻplarini ishlab chiqargan va Nyu-Yorkdagi koʻplab klublarni taʼminlagan. Adams shuni bildiki, toʻp zichroq tikilganda, u urilganda yoki otilganganda u uzoq masofaga uloqtiriladi . Muallif Peter Morrisning soʻzlariga koʻra, Adamsning toʻp ishlab chiqarish harakatlari dastlabki bir necha yil ichida „Knickerbockers“ jamoada ushlab qolinishiga yordam bergan. Keyingi yillarda Adams beysbolning ichki qismi uchun eski rezinadan iborat. Keyin boshqa toʻplarni yaratish uchun ot terisidan foydalangan. 1863-yil oxirida Adams Nyu-Yorkdagi beysbol toʻplarini qoʻlda ishlab chiqarishni davom ettirgan uchta eng mashhur ishlab chiqaruvchilardan biri edi. Adams, shuningdek, beysbol jihozlarini ishlab chiqarishda, qaysi yogʻochdan foydalanishni tanlashda va ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilishda rol oʻynagan.