Dido (; Florian Cloud de Bounevialle Armstrong (); 1971-yil 25-dekabrda tugʻilgan) ingliz qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisidir. Taxallusini Vergiliyning „Eneida“sida koʻklarga koʻtarilgan Karfagenning asoschisi asotir-malikaning ismi „Didona“dan olgan. 1999-yilda No Angel nomli ilk albomini chiqardi. Bu albom unga xalqaro miqyosda shuhrat olib keldi, umumjahon boʻylab 21 million nusxada sotildi. Albomning „Here with Me“ va „Thank You“ ashulalari hit boʻldi. Bundan tashqari, albom koʻplab yutuqlarga, jumladan ikki marta Brit Awards va bir marta MTV Europe Music Awardga loyiq koʻrildi. Ikkinchi albomi — Life for Rent boʻlib, 2003-yilda chiqarildi. Albomning „White Flag“ va „Life for Rent“ ashulalari hit boʻldi.
Didoning ilk ikki albomi 2000-yillarda Birlashgan Qirollikda eng koʻp sotilgan musiqiy albomlar safidan oʻrin oldi. Dido 2008-yilda Safe Trip Home nomli uchinchi studiyaviy albomini ommaga havola etdi. Albom tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi, ammo tijoriy jihatdan avvalgi albomlaridek muvaffaqiyat qozonmadi. Dido „If I Rise“ ashulasi uchun Oscarga nomzod boʻldi, 2019-yilning mayida esa Ivor Novello mukofotini oldi.
Diskografiyasi Albomlar Yil Nom Chart pogʻonalari Sotuvlar/SertifikatsiyaBirlashgan QirollikFransiyaGermaniyaAvstraliyaAQSHKanada1995Odds & Ends Demo Reliz: 1995 — — — — — — Maʼlum emas</center>1999No Angel 1chi studiyaviy albom Reliz: 1-iyun, 1999 1 1 1 1 4 4Sotuvlar: 12 million IFPI sertifikatsiyasi: 5x platinaviy RIAA sertifikatsiyasi: 4x platinaviy BPI sertifikatsiyasi: 10x platinaviy2003Life for Rent 2chi studiyaviy albom Reliz: 29-sentabr/30-sentabr 2003 1 1 1 1 4 2Sotuvlar: 10 million IFPI sertifikatsiyasi: 5x platinaviy RIAA sertifikatsiyasi: 2x platinaviy BPI sertifikatsiyasi: 9x platinaviy
Singllar YilQoʻshiqBirlashgan QirollikAQSHAQSH Raqs chartiAQSH AdultKanadaAvstraliyaYangi ZelandiyaBraziliyaFransiyaAlbom2000"Stan" (Eminem feat. Dido)151——111433The Marshall Mathers LP2001"Here with Me"4————583—4No Angel"Thank You"331122—3130"Hunter"17—9——50281645"All You Want"——"Donʼt Think of Me" (faqat AQSH radiosi uchun)——2002"My Lover’s Gone" (faqat Braziliya uchun)———————1"Take My Hand" (faqat AQSH radiosi uchun)—1"One Step Too Far" (Faithless feat. Dido)6—4——21——Outrospective2003"Feels like Fire" (Santana feat. Dido)——————26—Shaman"White Flag"21892301125Life for Rent"Stoned"—1—"Life for Rent"8—2817242004"Donʼt Leave Home"25——"Sand in My Shoes"29—1—37
DVDlar „Here with Me/Thank You (Akustik)“ — DVD singl (2001) „White Flag/Life for Rent“ — DVD singl (2004) Dido: Live/Dido: Live at Brixton Academy — CD+DVD (iyun, 2005)
Manbalar
Havolalar Didoʻning rasmiy sayti
Turkum:Ingliz musiqachilari Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:25-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Artistik tahalluslar Turkum:Ingliz qoʻshiqchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari Turkum:Brit mukofoti sovrindorlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar