Magu shahri Sharqiy Afrikada joylashgan Tanzaniya davlatining Mvanza mintaqasida joylashgan shaharlardan biri. Mvanza viloyatida yettita tuman boʻlib, Magu tumanining maʼmuriyati ham shu yerda joylashgan. Magudan Mvanza shahrigacha boʻlgan masofa 60 kilometr atrofida. 2012-yilgi milliy aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Magu aholisi (Suahili tilida Magu Mjini shaklida) 23,822 kishini tashkil etgan.
Mvanzadan Keniya chegarasigacha borish uchun T4 asfaltlangan magistral yoʻl yotqizilgan va bu magistral yoʻl Magu shahridan oʻtadi.
Manbalar
Turkum:Tanzaniya tumanlari