Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyi — Toshkent shahridagi akademik litseylardan biri.
Tarixi Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to‘g‘risida”gi 77-son qaroriga asosan tashkil etilgan.
2013 yil 28 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1990-son qarori qabul qilinib, mazkur qaror bilan Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik universiteti etib qayta tashkil etilganligi munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey maqomi berilgan.
Oʻzgarishlar Maxmudov Sherali Xayitovich 2021-yildan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey ijrochi direktor etib tayinlandi.
Bugungi kunda Akademik litseyning ichki quvvati 540 o‘ringa mo‘ljallangan. 28 ta o‘quv xonalari, sport zali, sport ochiq maydoni, 2 ta kompyuter o‘quv xonalari, 2 ta laboratoriya xonalari mavjud va ular to‘liq jihozlangan.
Akademik litseyda taʼlim jarayoni bir smenada tashkil etilgan bo‘lib, unda “Ijtimoiy-gumanitar” yo‘nalishida o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.
Qabul Yoʻnalishlar boʻyicha imtihonlar bir bosqichda oʻtkaziladi:
Bir bosqichda — test sinovlari
Imtihonlar yoʻnalishlar boʻyicha quyidagi fanlardan iborat
Ijtimoiy-gumanitar fanlar I-bo'lim Davlat va huquq asoslari fanidan II-bo'lim Intellektual qobiliyat darajasi(IQni) aniqlash bo'yicha test
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayti
Turkum:Toshkentdagi oliy taʼlim muassasalari Turkum:Akademik litseylar