Islamov Soxibjon Yaxshibekovich (1980-yil 11-martda Jizzax viloyati, Forish tumani) — qishloq xoʻjaligi fanlar doktori, professor.

Biografiyasi

Islamov Soxib Yaxshibekovich 1980-yil 11-mart kuni Jizzax viloyati, Forish tumanida tugʻilgan. 2003-yilda Toshkent davlat agrar universitetining „Meva va sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi“ mutaxassisligiga ega boʻlgan. Qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasi olish maqsadida „Oʻzbekistonning markaziy mintaqasida olmani klon payvandtaglarida koʻchat yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish“ mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2010-yil 27-maydagi 165/1-sonli bayonnomasiga asosan qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Mehnat faoliyati Islamov Soxibjon Yaxshibekovich - 1997–2001-yillarda Andijon qishloq xoʻjalik instituti talabasi 2001–2003-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti magistri 2003–2008-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti „Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni tashkil etish“ kafedrasi assistenti 2011–2012-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti „Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni tashkil etish“ kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi 2012–2014-yillarda — Toshkent davlat agrar universitetining „Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni tashkil etish“ kafedrasi mudiri 2014–2015-yillarda Toshkent davlat agrar universitetining oʻquv uslubiy boshqarma boshligʻi 2015–2022-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori 2022-yildan – hozirgi vaxtgacha Toshkent davlat agrar universiteti-Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha birinchi prorektori.

Manbalar

Turkum:Qishloq xoʻjaligi fanlari doktorlari Turkum:Professorlar