Hualien zilzila — 2024-yil 3-aprelda Tayvanning Hualien okrugi, Hualien shahridan 25 km janubi-sharqda 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu Tayvan tarixida 1999-yil 21-sentyabrida sodir bo'lgan Jiji zilzilasidan beri eng kuchli zilzila bo'ldi va besh magnitudadan yuqori bir necha marta zilzilalar qayd etildi25年最大地震!氣象署示警 「3天有規模6.5~7餘震 .

Zilzila kuchi

Tayvanning markaziy meteorologiya boshqarmasi qoshidagi seysmologik markazining sobiq rahbari boʻlgan Go Kaivenning takidlashicha, ushbu yer silkinishi 1945-yil 6-avgustda Qoʻshma Shtatlar tomonidan Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlagan „Kichik bola“ atom bombasiga oʻxshash 32 ta yadroviy bomba portlash kuchiga teng boʻlgan. Shuningdek, 1999-yilda Tayvan tarixidagi sodir boʻlgan eng kuchli zilzilaning kuchi 46 ta yadroviy bomba portlashiga teng energiya chiqargan.

Yana qarang

Zilzila sug‘urtasi Turkiya—Suriya zilzilasi Marokashdagi zilzila

Manbalar

Turkum:Zilzilalar Turkum:Tayvandagi zilzilalar