Kingston – Kanadaning Ontario provinsiyasidagi shahar. Ontario koʻlining shimoli-sharqiy tomonida, Toronto va Monreal shaharlari oʻrtasida joylashgan. Shahar yaqinidan Mingorol orollari hamda Prince Edward kauntisi kabi sayyohlik hududlari oʻrin olgan. Kingstonning laqabi „Ohaktosh shahri“ (), chunki shahardagi koʻplab binolarda mahalliy ohaktosh ishlatilgan.

1841–1844-yillarda Kingston Kanada provinsiyasining birinchi poytaxti boʻlganOsborne 2011, p. 81. 1844-yil 10-mayda poytaxt Monrealga koʻchirilgan. Kingston qisqa vaqt davomida poytaxt boʻlgan boʻlsa-da, shahar harbiy jihatdam muhim ahamiyat kasb etib keladi. Kingston Ontario provinsiyasining taʼlim va sogʻliqni saqlash markazi hisoblanadi. Unda ikkita yirik universitet, kasb-hunar kolleji hamda uchta yirik shifoxona joylashgan.

Kingston 1998-yilgacha Frontenac kauntisining markazi boʻlgan. Hozirgi kunda esa Kingston Frontenac kauntisidan alohida munitsipalitetdir. Kingston Ontario janubi-sharqidagi eng yirik munitsipalitet hamda Ontario provinsiyasining oʻninchi eng yirik metropoliten hududidir. Shahar, shuningdek, Kanadaning birinchi bosh vaziri John A. Macdonaldning vatani hisoblanadi.

Etimologiyasi Kingston shahrining dastlabki nomi Cataraqui boʻlib, bu unga mahalliy xalqlar bergan nomdir. Bu soʻz „buyuk yigʻilish joyi“, „yashirinadigan joy“, „oʻtib boʻlmas“, „loyqa daryo“, „chekinish joyi“, „suvdan koʻtarilgan loy qirgʻoq“, „daryolar va koʻllar uchrashadigan joy“, „suvdadagi toshlar“ yoki „ohaktosh (yoki loy) joylashgan joy“ maʼnolarini anglatishi mumkinQuebec History – Cataraqui Retrieved April 12, 2014Histoires de Bâtiment – Naval Historic Sites – Kingston Retrieved April 12, 2014All About Canada, Kingston, Ontario-Settlement and Early Days Retrieved April 12, 2014.

1787-yilga kelib Cataraqui qirol George III sharafiga „King's Town“ yoki „the King's Town“ () deb atala boshlangan. Bu nom 1788-yilda „Kingston“ deb qisqartirilganArmstrong 1973, p. 67.. Cataraqui nomi bilan bugungi kunda Princess koʻchasi va Sydenham Road chorrahasi atrofidagi hudud ataladi. Makzur hududda Cataraqui qishlogʻi (avvalgi Waterloo deb nomlangan) joylashgan. Cataraqui, shuningdek, munitsipal saylov okrugining nomidir.

Demografiyasi 2021-yilda Kingston aholisining 82,4% oq tanli/yevropalik, 13,4% koʻzga koʻrinadigan ozchiliklar va 4,2% mahalliy aholi tashkil qilgan. Koʻzga koʻrinadigan eng katta ozchilik guruhlari janubiy osiyoliklar (3,4%), xitoylar (2,4%), qoratanlilar (2,0%), arablar (1,2%) va lotin amerikasiliklardir (1,0%). Etnik va madaniy kelib chiqishi (2021)AholiFoizIrlandlar33,41025.9%Inglizlar32,92025.5%Shotlandlar28,43020.0%Kanadaliklar20,99016.3%Fransuzlar 14,31511.1%Germaniyalik-kanadaliklar12,2109.5%Oqtanlilar Yevropalik-kanadaliklar 6,6755.2%Britaniya orollari 6,5355.1%Gollandiyalik-kanadaliklar6,3955.0%Italyanlar4,6303.6%Kanadadagi hindular (Shimoliy Amerika hindulari) Kanadadagi mahalliy xalqlar3,8253.0%Polshalik-kanadaliklar3,5502.7%Xitoylik-kanadaliklar3,1552.4%Valliy(uelslik)-kanadaliklar3,0252.3%Eslatma: bir kishi bir nechta etnik guruhga tegishli ekanligini aytishi mumkin. + Kingston shahridagi panethnic guruhlar (2001−2021)Panetnikguruh20212016201120062001 Yevropalik-kanadaliklar 106,315 104,340 106,660 103,540 103,030 Kanadadagi tub xalqlar 5470 4,220 3,485 2,360 1,765 Janubiy osiyolik kanadaliklar 4,430 2,395 1,995 1,720 1,430 Sharqiy osiyolik kanadaliklar 3,990 3,250 2,505 2,920 2,035 Afrikalik kanadaliklar 2,600 1,750 1,105 1,030 685 Yaqin sharqlik kanadaliklar 2,300 1,480 1,065 645 530 Janubiy osiyoliklar 1,860 1,300 1,035 755 755 Lotin amerikalik kanadaliklar 1,270 885 805 710 595 Boshqalar 875 590 280 360 265 Umumiy javoblar 129,115 120,215 118,930 114,050 111,085 Umumiy aholi 132,485 123,798 123,363 117,207 114,195

Manbalar

Turkum:Kanada shaharlari