Taksi haydovchisi ( Teksi Undjonsa) — 2017-yil rejissyor Chan Xun tomonidan suratga olingan, asosiy rollarda Song Kang-ho va Thomas Kretschmann suratga tushgan Janubiy Koreya filmi.

Real voqealarga asoslangan ushbu film 1980-yilgi Kvandjuda boʻlib oʻtgan namoyishlarda bevosita ishtirok etgan seullik taksi haydovchisi haqida hikoya qiladi. Film nemis jurnalisti Jürgen Hinzpeterning janubiy koreyalik taksist Kim Sa Bok bilan muloqotiga asoslangan. Film suratga olish jarayonida Kim Sa Bokning haqiqiy ismi va shaxsiyati noʻmalum boʻlgani sababli (Hinzpeter uni faqat Kim Man Sob ismi orqali bilardi) Kvandjudan tashqarida yuz bergan va uning hayotiga aloqador voqealarning katta qismi toʻqima hisoblanadi.

Janubiy Koreyada film 2017-yilning 2-avgustida premyera qilingan. Tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan va Kvandjudagi namoyishlarga noodatiy yondashuvi, bosh qahramonning Hinzpeter bilan munosabatlari tufayli ushbu film 2018-yil Oskarning chet tilidagi eng yaxshi film nominatsiyada Janubiy Koreya nomidan koʻrsatilgan. Film 2017-yilda Janubiy Koreyada eng kassobop 2-filmga aylangan va hozirgi kunga kelib tarixdagi eng kassabop Janubiy Koreya filmlari orasida 11-oʻrinni egallaydi.

Syujeti 1980-yil. Kim Man Sob Seul shaxrida taksistlik bilan kun kechiradi va qizchasi bilan yolgʻiz yashaydi. Bir kuni boshqa taksist chet ellik mijoz bilan 100,000 von evaziga sayohat narxini kelishganligini aytib qoladi. Mijoz bir kunga Kvandjuga borishi va Seulga komendantlik soatiga qadar qaytib kelishi kerak boʻladi. Kim ayyorlik bilan mijozni qoʻlga kiritadi.

Mijoz nemis jurnalisti Jürgen Hinzpeter edi. U Kvandjuda yuz berayotgan tartibsizliklarga oydinlik kiritish maqsadida u yerga otlangan edi. Oʻta kuchli senzura sabab jurnalistlarga mamlakatga kirish taʼqiqlanadi. Jürgen Janubiy Koreyaga kelish uchun oʻzini missioner sifatida tanishtiradi. Jürgen va Kim Kvandjuga boradigan barcha yoʻllar berkligi va harbiylarning qattiq nazorati ostida ekanligiga guvoh boʻlishadi. Kim Jürgenni Seulga qaytib ketish kerakligiga koʻndirmoqchi boʻladi, lekin Jürgen, agar Kvandjuga yetib bormasa pul toʻlamasligini aytadi. Ular harbiylarga Jürgen oʻta muhim chet ellik biznesmen ekanligi haqida gapirib shahargacha yetib olishga muvaffaq boʻlishadi.

Kvandjuga yetib kelgach ular barcha magazinlar berk, koʻchalar esa boʻm-boʻshligiga guvoh boʻlishadi. Kim dastavval shaharda kuzatilayotgan ushbu holatni jiddiylik bilan qabul qilmaydi va barcha ayb har narsadan noliyveradigan talabalarda deb oʻzini ishontiradi.

Rollarda Asosiy personajlar Song Kang-ho — Kim Man Sob (Kim Sa Bok) Rafiqasi vafot etgan va 11 yoshlik qizchasi bilan kichikkina uyda yashovchi taksist. U siyosat bilan qiziqmaydigan va faqatgina oʻz oilasi yaxshi yashashi uchun tun-u kun ishlaydigan oddiy fuqaro. Ushbu personaj prototipi Jürgen Hinzpeterning Kvandjuga kirishiga koʻmaklashgan taksist Kim Sa Bok edi. 2017-yil sentyabr oyida Taksi haydovchisi filmi juda katta muvaffaqiyatga erishgandan soʻng Kim Sa Bok shaxsi uning oʻgʻli Kim Sin Pxil tomonidan tasdiqlandi. U otasining Jürgen Hinzpeter bilan birga tushgan suratini jurnalistlarga taqdim qiladi va uning otasi Kvandju voqealaridan 4 yil oʻtib, 1984-yilda saratondan vafot etganini aytadi.

Thomas Kretschmann — Jürgen Hinzpeter Germaniya Federativ Respublikasi fuqarosi Jürgen Hinzpeter (1937–2016) Kvandjudagi tartibsizliklarni butun dunyoga namoyish etgan yagona chet ellik jurnalist hisoblanadi.

Maxsus taklif qilingan aktyorlar Kxo Chxan Sok — Kxan San Guning otasi Djon Xe Djin — Kxan San Guning onasi Djun Djin Yon — reportyor Li Ryu Txe Xo — Kvandju gazetasi direktori Djon Sok Yon — Seuldagi avtomarkaz direktori

Suratga olish jarayonlari Suratga olish jarayonlari 2016-yil 5-iyunda boshlanib 24-oktabrda yakunlangan.

Nominatsiya va sovrinlar Sovrin Kategoriya Nominant Natija Manba(lar)26-Buil Film Awards Eng yaxshi filmTaksi haydovchisi Eng yaxshi aktyorSong Kang-ho Eng yaxshi operatorGo Nak Son Eng yaxshi musiqaCho Yon Uk Eng yaxshi sanʼat yoʻnalishiChxo Xva Sun va Djon Yi Djin hakamlar sovriniChan Xun 21-Fantasia International Film Festival Eng yaxshi aktyor Song Kang-ho 54-Grand Bell AwardsEng yaxshi filmTaksi haydovchisi Eng yaxshi rejissyorChan Xun Eng yaxshi aktyorSong Kang-ho Eng yaxshi ssenariyOm Yu Na Eng yaxshi musiqaCho Yon Uk Eng yaxshi sanʼat yoʻnalishiChxo Xva Sun va Djon Yi Djin Eng yaxshi dizaynerChxo San Kxyun Eng yaxshi operatorGo Nak Son Eng yaxshi montajKim San Bum va Kim Dje Bum Texnik mukofotTaksi haydovchisi Eng yaxshi rejalashtirish37-Korean Association of Film Critics AwardsTop-10 filmlar Eng yaxshi 2-plan aktyoriYo Xe Djin1-The Seoul AwardsGran-pri (film)Taksi haydovchisi Eng yaxshi aktyor (film)Song Kang-ho3-Asian World Film FestivalMaxsus sovrin Eng yaxshi filmTaksi haydovchisi Gumanitar sovrin38-Blue Dragon Film AwardsEng yaxshi film Eng yaxshi rejissyorChan Xun Eng yaxshi aktyorSong Kang-ho Eng yaxshi 2-plan aktyoriYo Xe Djin Eng yaxshi yosh aktyorRyu Jun Yol Eng yaxshi ssenariyOm Yu Na Eng yaxshi musiqaCho Yon Uk Eng yaxshi sanʼat yoʻnalishiChxo Xva Sun va Djon Yi Djin Tomoshabinlar sovriniTaksi haydovchisi

Manbalar

Havolalar

A Taxi Driver Korean Movie Database saytida A Taxi Driver HanCinema saytida A Taxi Driver Naver Movies saytida