Jevrem Brković (; 1933-yil 29-dekabr — 2021-yil 24-yanvar) — chernogoriyalik shoir, yozuvchi, jurnalist, muholifatchi va tarixchi. Brković was one of the founders and member of Doclean fan va sanʼat akademiyasi () asoschilaridan biri va shu akademiya aʼzosi boʻlgan. 2015- yilda DANU akademiyasi tarqatib yuborilgandan keyin Brković Chernogoriya fan va sanʻat akademiyasiga aʼzo boʻlganMembership, Montenegrin Academy of Sciences and Arts.
Tarjimayi holi Jevrem Brković Yugoslaviyaning Podgoritsa yaqinidagi Seoca qishlogʻida tugʻilgan. Brković Titograd radiosida jurnalist sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, „Ovdje“ jurnalida muharrir oʻrinbosari sifatida ham ishlagan. Brković yoshligini oʻsha paytda Yugoslaviyaning poytaxti hisoblangan Belgrad shahrida oʻtkazgan. 1975-yilda Chernagoriyada yilning eng nufuzli mukofoti hisoblangan „13 iyul mukofoti“ni qoʻlga kiritgan. 1990-yillarda, Yugoslaviya urushlari davrida Chernogoriya tarafini olgani uchun uning fikrlari siyosiy tuzumga qarshi rkanligi eʼlon qilingan. Brković Milo Đukanović boshchiligidagi hukumatni ham tanqid qilgan (tuzumga qarshi chiqqan). 1994-yilda Đukanoviçning bosimi va siyosiy taʼqiblari tufayli Brković Chernogoriyadan Xorvatiyaga koʻchib oʻtgan. Xorvatiyadaligida Savić Marković Štedimlija va Ivo Pilar kabi tarixchillarning ilmiy tadqiqotlarini oʻrganib chiqqan.
1999-yilda Chernogoriyaga qaytgan. Oʻsha paytdan boshlab Chernogoriyaning Serbiyadan mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi tarafdori boʻlgan.
Brković 2021-yil 24-yanvar kuni 87 yoshida vafot etgan.
Shaxsiy hayoti Uning oʻgʻli Balša Brković ham taniqli yozuvchiIntervju sa Jevremom i Balšom Brkovićem u Slobodnoj Dalmaciji, Slobodna Dalmacija, 31 January 2009. Nabirasi Brajan Brković Serbiyada yashaydi. Brajan Erkinlik va adolat partiyasi Novi Sad filialining vitse-prezidenti hisoblanadi.
Manbalar
Turkum:Dissidentlar Turkum:2021-yilda vafot etganlar Turkum:1933-yilda tugʻilganlar Turkum:Chernogoriyada tugʻilganlar Turkum:Podgoritsada tugʻilgaanlar Turkum:Chernogoriyalik shoirlar Turkum:Chernogoriyalik yozuvchilar Turkum:Chernogoriyalik jurnalistlar