Anait Arshakovna Ananyan (1900-1987) — Sovet arman sabzavot yetishtiruvchisi va seleksioneri. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971). Armaniston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967). Armaniston SSR xizmat koʻrsatgan agronomi.
Biografiyasi Anait Dilijon qishlogʻda tugʻilgan. Tiflisdagi politexnika institutining qishloq xoʻjaligi fakultetini tamomlagan (1926).
1933-yildan Armaniston SSR sabzavot va poliz ekinlari Respublika seleksiya stansiyasida ishlagan, 1949-84-yillarda uning direktori boʻlgan.
Qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1966).
1971-yil 8-aprelda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining Farmoni bilan unga „qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish, davlatga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini sotish boʻyicha besh yillik rejani bajarishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlari uchun“ unvon berildi. Olimaga Lenin ordeni hamda „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali topshirildiUkaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR "O prisvoenii zvaniya Geroya Sotsialisticheskogo Truda peredovikam selskogo xozyaystva Armyanskoy SSR" ot 8 aprelya 1971 goda.
Anait Ananyan 1987-yil 1 yoki 2-sentyabrda vafot etdi.
Bibliografiyasi „Armanistonning konservalangan sabzavot ekinlari“ (1965)
Mukofotlar
Sotsialistik Mehnat Qahramoni (04.08.1971). Ikkita Lenin ordeni (1966, 04.08.1971). „Hurmat belgisi“ ordeni (24.11.1945). Armaniston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967). Armaniston SSR xizmat koʻrsatgan agronomi. VDNKh SSSR oltin medali (08.07.1969) SSSR Butunittifoq qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasining kichik kumush medali (11.05.1954) SSSR Iqtisodiyot yutuqlari koʻrgazmasining ikkita bronza medali (04.17.1972; 17.07.1974)
Manbalar
Turkum:SSSR agronomlari Turkum:Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasining kumush medali bilan taqdirlanganlar Turkum:Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasining oltin medali bilan taqdirlanganlar Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:1987-yilda vafot etganlar Turkum:1-sentyabrda vafot etganlar Turkum:1900-yilda tugʻilganlar Turkum:27-avgustda tugʻilganlar