Steven William Morison — sobiq professional futbolchi. 2-liga klubi „Sutton Yunayted“ bosh murabbiyi. Morison oʻz faoliyatini 16 yoshida, „Northampton Town“ klubida boshlagan va klubning eng asosiy futbolchilaridan biri boʻlgan. Futbolchi 2002-yilda asosiy jamoada debyut qilgan. Morison 2004-yil noyabr oyida maʼlum miqdordagi haq evaziga Bishop’s Stortford klubi safiga qoʻshiladi. Stortfordda ikki yildan kamroq vaqt oʻtgach, 2006-yil avgust oyida „Stivenj Boro“ga kam haq evaziga shartnoma imzolaydi. Klubdagi birinchi mavsumida Morison 2007-yilgi Angliya kubogi finalida gʻalaba golini kiritadi. Futbolchi, shuningdek, 2009-yilning may oyida klubga yana Angliya kubogini yutishda yordam berdi va bu uning klubdagi soʻnggi oʻyini boʻldi.

Stevenage Boroughdagi uch mavsum davomida 151 oʻyinda 86 marta gol urgan. Morison 2009-2010-yilgi mavsum oldidan 130 000 funt sterling evaziga „Millwall“ jamoasi safiga borib qoʻshiladi. U oʻzining birinchi mavsumidayoq klubga Angliya Premyer-ligasiga chiqishga yordam berdi. 2011-yili Morison Angliya Premyer-ligasi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. „Norvich“ klubida 59 oʻyinda 12 ta gol urishga erishadi. 2013-yilning yanvar oyida Leeds United klubiga oʻtadi. Oradan 5 oy oʻtgandan soʻng, faoliyatini ijara asosida Millwall safida davom etiradi. 2017-yil Morison Millwall jamoasini chempionatga qaytarishda oʻzini juda katta hissasini qoʻshadi. Jamoa tarkibida 300 dan ortiq oʻyinlarni oʻtkazib 92 ta gol urishga erishadi va klub tarixidagi eng yaxshi 3 toʻpurardan biriga aylanadi. 2019-yilning oktyabr oyida futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida eʼlon bergan.

Yoshligi Steve 1983-yil Londonda tugʻilgan. Enfield Grammatika maktabiga borgan. Maktabni 16 yoshda tamomlagan. Morison sport fanlari boʻyicha milliy diplomni qoʻlga kiritadi.

Xalqaro faoliyati Uels

2010-yil may oyida Morison uelslik ajdodlari tufayli Uels vakili boʻlish huquqiga ega ekanligi aniqlandi. Uning buvisi Ebbw Vale yaqinidagi Tredegar shahrida tugʻilgani eʼlon qilingandi. 2010-yil iyul oyida Uels bosh murabbiyi Jon Toshak Morisonni 11-avgustda Llanelli shahrida Lyuksemburgga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun Uels terma jamoasi qaydnomasiga kiritdi.Morison Uelsning Lyuksemburgga qarshi 5:1 hisobidagi gʻalabasiga katta hissa qoʻshgan holda, butun oʻyin davomida oʻynadi va Ashley Williamsning goliga assistentlik qildi.

Xalqaro maydonda Milliy Terma jamoaMavsumOʻyinlarGollarUels2010-11702011-12812012-1350Umumiy201

Murabbiylik faoliyati Morison futbolchilik faoliyati davomida „Protec“ futbol akademiyasida murabbiylik litsenziyasini oldi. Keyinchalik Steve UEFA Pro litsenziyasini qoʻlga kiritdi va 2019-yil oktyabr oyida oʻyinchi sifatida faoliyatini yakunlagach, Northampton Town va Millwall sobiq klublari akademiyalarida murabbiylik faoliyatini boshladi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Uelslik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Northampton Town F.C. futbolchilari Turkum:Bishop's Stortford F.C. futbolchilari Turkum:Stevenage F.C. futbolchilari Turkum:Millwall F.C. futbolchilari Turkum:Norwich City F.C. futbolchilari Turkum:Leeds United F.C. futbolchilari Turkum:Shrewsbury Town F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari