Jannat onalar oyogʻi ostida () — 2024-yilda qirgʻiz rejissori Ruslan Akun tomonidan suratga olingan Qirgʻiziston drama filmi. Filmda bosh rollarni Emil Esenaliev, Tugolbay Qoychiev, Bolot Tentimishov, Ruslan Akun va Anarkul Nazarqulovalar ijro etishgan.
Syujeti Jannat onalar oyogʻi ostida nomli kinoda oʻzi 35 yoshda, ammo aqliy rivojlanishi 8 yoshli bolanikidek boʻlgan, boshqacha inson, Odil haqida hikoya qiladi. U 75 yoshli onasi, Rayhon opa bilan birga kichik bir qishloqda yashaydi. Onasi Odilga, Yaratgan uni boshqacha sevishini va u toʻgʻri jannatga tushishini doim aytib kelgan. Ammo Odil jannatga onasisiz kirishni istamaydi. Bir kuni u boshqa 8 yoshli boladan, agar onasini muqaddas Makka shahriga piyoda olib-borib kelsa, onasi ham jannatga tushishi mumkinligi haqida eshitadi. Film tomoshabinlarga Odil va uning onasi sayohatlarida oʻtadigan hududlarning hayratlanarli manzaralari va madaniy xususiyatlarini ochib beradi. Odilning safari Qirgʻiziston Respublikasidan boshlanib, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Turkiya va Suriyadan oʻtib, muqaddas ziyoratgohga yetib borishi qiyin boʻlgan haj ziyoratiga aylanadi. .
Rollarda Odil rolida — Emil Esenaliyev Rayxon opa rolida — Anorqul Nazarqulova Bolot Tentimishov
Kinoteatrlardagi namoyish Filmning kinoteatrlardagi namoyishi Oʻzbekistonda 2024-yil 11-apreldan boshlanadi. Film Toshkentning 7 ta kinoteatrida, 7 kun ichida 50 ta seansda koʻrsatilib, 1 308 647 350 soʻm mablagʻ yigʻishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek ikkinchi hafta 16 ta kinoteatrlarda har kuni 100 ta seansda namoyish etilib, 3 339 047 200 soʻm mablagʻ yigʻdi. Mualliflik huquqlaring buzilishi Qirgʻiz kinoijodkorlari ishlagan Jannat onalar oyogʻi ostida filmni universiteti faollar zalida talabalarga qoʻyib bergan Andijon davlat universiteti prorektori Xurshidbek Xojamberdiyev harakatlari 13-may kuni jinoyat ishlari boʻyicha Andijon shahar sudida koʻrib chiqilib, mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzganlikda aybdor deb topigan va sud qarori bilan 340 ming soʻm jarima jazosi qoʻllangan. Mukofotlar 2024-yil 23-may kuni Moskva shahrida boʻlib oʻtgan III Xalqaro toʻgʻri kino festivalida Ruslan Akunning „Haj: Jannat onalar oyogʻi ostida“ filmi Gran-prix mukofoti bilan taqdirlangan.
Daromadi Qirgʻiziston Jannat onalar oyogʻi ostida filmi toʻrt kun ichida (21-24-mart kunlari) 1 million dollardan ortiq daromad qilib, koʻplab xorijiy spektakllarni ortda qoldirib, Qozogʻistonda kassa daromadi boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston Filmning O‘zbekistondagi rasmiy hamkori hisoblangan iTV xizmati xabar berishicha, 11-aprel kuni Toshkentda premyerasi boʻlib oʻtgan Jannat onalar oyogʻi ostida filmi namoyish etilganidan soʻng bir hafta ichida 1,3 milliard so‘m ($103 000) ishlab topgan.
Manbalar
Turkum:Qirgʻiziston filmlari Turkum:2024-yil filmlari Turkum:Dramatik filmlar