Mia Renee Fishel (2001-yil 30-aprelda tugʻilgan) – amerikalik professional futbol oʻyinchisi, Ayollar Superligasining Chelsea klubi va AQSH ayollar terma jamoasida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi. Fishel oʻzining kollejdagi faoliyatini UCLA Bruins jamoasida oʻtkazib, ikkita Pac-12 chempionligini qoʻlga kiritgan. Orlando Pride tomonidan 2022-yilgi NWSL loyihasida beshinchi oʻrinni egallagan. Keyinchalik futbolchi Meksikaning Tigres UANL klubi bilan shartnoma imzolaydi. Mia Fishel xalqaro miqyosda Amerika Qoʻshma Shtatlarning U15, U17 va U20 jamolarida oʻynagan.
Klubdagi faoliyat
Chelsea (2023-hozirgacha) 2023-yil 4-avgust kuni Angliyaning ayollar superligasi klubi Chelsea Fishel bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qiladi. Xabarlarga koʻra, Chelsea klubi futbolchiga 250 ming dollar maosh toʻlaydi. 2023-yil 1-oktabrda Fishel Chelseadagi debyutini Ayollar superligasi doirasida „Tottenham“ga qarshi oʻtkazadi va 28-daqiqada gʻalaba golini kiritadi hamda jamoa 2:1 hisobida gʻalaba qozonadi.
Xalqaro maydonda Milliy Jamoa Yil Oʻyinlar GollarAQSH2023 3 1 Umumiy 3 1
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Amerikalik ayol futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar