Oksana Stefanovna Gritsay (; 1986-yil 5-mart, Burshtin, Ivano-Frankovsk viloyati) — Mika Nyuton nomi bilan tanilgan, ukrainalik qoʻshiqchi va aktrisa. Eurovison 2011 qoʻshiq tanlovida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Hayoti Otasi Stefan Gritsay yoshligida gitara chalgan, katta bobosi esa oʻzini skripka chalishni oʻrgangan va toʻylarda musiqachilik qilgan. Mikaning soʻzlariga koʻra, uning choʻqintirgan otasi Burshtinning „Energetik“ futbol klubining prezidenti boʻlgan. Opasi Lilya va amakivachchasi Oleg bor. Sport maktabida karate bilan shugʻullangan. Bolaligida faqat ukrain tilida qoʻshiq kuylagan .

1995-yildan boshlab Mika sahnada chiqishni boshlaydi. MIka musiqa maktabini fortepiano boʻyicha tamomlagan, bir vaqtning oʻzida vokalni oʻrgangan.

2001-yilda Mika Kiyevga koʻchib oʻtadi va bu yerdagi Davlat estrada va sirk sanʼati kollejining estrada vokal boʻlimiga oʻqishga kirib, uni tugatadi. 2002-yilda Skadovskdagi „Qora dengiz oʻyinlari“ festivalida gʻolib boʻladi. Gritsay oʻsha yili prodyuser Yuriy Falyosa shartnoma imzolaydi. Prodyuser qoʻshiqchi uchun „Mika Nyuton“ taxallusini oʻylab topadi: „Mika“ nomi Mick Jagger va Mick Box kabi musiqachilardan olingan, „Nyuton“ esa inglizcha "New ton " (yangi tovush) soʻzida olingan.

Xonandaning birinchi xitlari „Ubejat“ va „Anomaliya“ boʻlgan. „Ubejat“ qoʻshigʻi uchun suratga olingan videoklipini Ukraina telekompaniyalari axloqiy sabablarga koʻra koʻrsatishni rad etishadi, bu esa „Anomaliya“ qoʻshigʻiga videoklip suratga olish uchun sabab boʻlgan. Klip qoʻshiqchiga birinchi mashhurligini olib keldi. „Lunopark“ (2005) va „V plenu“ qoʻshiqlari uchun videokliplar Moskvada suratga olindi. Mika Nyuton ukrainalik mashhur Potapning hamkori boʻlishi mumkin edi, ammo yakuniy tanlov Nastya Kamenskix foydasiga qiladi.

2005-yilda Kiyevdagi „Chayka“ aerodromida osmondan 4200 metr balandlikda parashyut bilan sakrashni amalga oshirdi.

Mika 2007-yilda Angliyadagi Guildford akademiyasida tahsil olgan.

2008-yil aprel oyida xonanda „Za MIR“ jamoat tashkilotini tuzadi. thumb|304x304px| Mika Nyuton 2010-yil 2011-yil 26-mayda Mika Nyuton Donetskdagi Gorkiy nomli konga tushgan.

2011-yil 26-fevralda Mika Nyuton Eurovision 2011 qoʻshiq tanlovi uchun Ukraina milliy tanlovining finalida gʻolib chiqdi. Biroq, ikki kundan soʻng, hakamlar hay’ati va baʼzi tanlov ishtirokchilari bu natijani haqiqiy emas deb tan olishni va finalni qayta oʻtkazishni talab qilishadi. Ovozlarni qayta sanash jarayonida hech qanday qoidabuzarliklar aniqlanmadi va shu bilan Mika Nyutonning gʻalabasi tasdiqlandi.

12-may kuni Mika Nyuton Dyusseldorfda boʻlib oʻtgan „Eurovision“ qoʻshiq tanlovining ikkinchi yarim finalida oltinchi raqam ostida ishtirok etadiMika Nyuton vistupit na Yevrovidenii pod nomerom shest na korrespondent va 14-may kuni boʻlib oʻtgan finalda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

„Eurovision 2011“ finalida " Angel " qoʻshigʻini kuylagan Mika Nyuton 159 ball bilan 4-oʻrinni egallaydi.

„Eurovision“ dan soʻng MIka Kaliforniyaga joʻnab ketadi va 2013-yilgacha AQShda yashashni rejalashtiradi. JK-music guruhi unga va uning prodyuseri Timofey Nagorniyga hamkorlik qilishni va xonandani Gʻarbda targʻib qilishni taklif qilishadi .

Nyuton 2022-yilgi Grammy mukofotining taqdirlash marosimida Jon Legend, ukrainalik qoʻshqichilar Suzanna Iglidan va Lyubov Yakimchuk bilan birgalikda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida yaralangan va halok boʻlgan ukrainaliklarga bagʻishlangan spektaklda kuyladi.

2023-yil may oyida Eurovision 2023 tanlovida gʻolib boʻlgan shved qoʻshiqchisi Lorinning „Tattoo“ qoʻshigʻi atrofida janjal kelib chiqqanidan keyin Mikaning 2005-yilda chiqqan „V plenu“ qoʻshigʻi ham diqqat markazda boʻladi, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ikki qoʻshiqning oʻxshashligini payqashadi.

Oilasi Otasi Stefan Gritsay (1958-yilda tugʻilgan) xizmat koʻrsatish stansiyasining direktori Onasi Olga Gritsay hamshira Katta opasi Liliya Gritsay harbiy xizmatchi.

2018-yil dekabr oyida MIka Saint Agency modellik agentligi egasi, amerikalik biznesmen Kris Saavedraga turmushga chiqadi.

Yutuqlari 1995 — „Zolotiy Tik“ (), 2-oʻrin 1996 — „Nadiya“ (, Lvov), 3-oʻrin 1997 — „Fant-loto Nadiya“ (), 2-oʻrin 1997 — „Nadiya“, 1-oʻrin 1998 — „Chernomorski igri“ (, Skadovsk), 2-oʻrin 1998 — „Pesni Opollya“ (), 1-oʻrin 1998 — „Nadiya“, 3-oʻrin 1998 — „Zirki pokuttya“ (Gorodenka), Gran-pri 1999 — „Shans“ (Lvov), 3-oʻrin 2000 — „Krishtaleviy Jayvir“ (, Ternopol), Gran-pri 2000 — „Moloda Galichina“ (, Novoyavorovsk), Gran-pri 2000 — „Vechori nad Latoritseyu“ (, Mukachevo), 1-oʻrin 2000 — „Volodimir“ (, Vladimir-Volinskiy), 1-oʻrin 2002 — „Chernomorski igri“, 1-oʻrin 2008 — „Novaya volna“ (Yurmala), 12-oʻrin 2011 — „Eurovision qoʻshiq tanlovi 2011“ (Dyusseldorf), 4-oʻrin

Filmografiyasi Filmdagi rollari 2006 — „Jizn vrasplox“ (Rossiya) — kameo 2008 — „Dengi dlya docheri“ (Ukraina-Rossiya) — bosh rolRomana, Nina va Yuriyning qizi

Soundtreklari 2005 — „Ot 180 i vishe“ („Anomaliya“) 2006 — „Kadetstvo“ („V plenu“, „Beliye loshadi“, „Lunopark“, „Fakt“, „Tayesh“, „Anomaliya“) 2007 — „Jizn vrasplox“ („Anomaliya“, „Sunami“, „Lunopark“, „Teplaya reka“, „Fakt“) 2007 — „Dengi dlya docheri“ („Anomaliya“) 2008 — „Ya lechu“ („Vishe, chem lyubov“, „Arlekino“, „Pojarniye“, „Plachedo domingo“) 2009 — 2010 — „Kremlyovskie kursanti“ („V plenu“, „Beliye loshadi“, „Lunopark“, „Fakt“)

Diskografiyasi

Albomlari

2005 — "Anomaliya" „Tyoplaya reka“ „Sunami“ „Pojarniye“ „V plenu“ „Lunopark“ „Anomaliya“ „Radio devochka“ „Fakt“ „Beliye loshadi“ Yes „Arlekino“ „V plenu“ MN feat. Potap (Plankovsky remix) I’m sorry

2006 — "Tyoplaya reka" „Tyoplaya reka“ „Sunami“ „Pojarniye“ „V plenu“ „Lunopark“ „Anomaliya“ „Radio devochka“ „Fakt“ „Beliye loshadi“ „YES“ „Gagarin“ „Arlekino“

2008 — "Eksklyuziv" „Vishe, chem lyubov“ (OST t/s „Ya lechu“) „Shershe lya fam“ Moscow calling (ft. Bryats-Band & White) (klip versiyasi) Moscow calling (ft. Bryats-Band & White) „Taesh“ „Sdavaysya mne“ „Izvini“ ''I am sorry

Albomga kirmagan qoʻshiqlari „Lyubov-marixuana“ „Lyubvi istoriya“ „Angel“ [Angel] „Donʼt Dumb me Down“ (prodyuser — Randy Jackson)

Kliplari

Ubejat 2005

Anomaliya 2005

Lunopark 2005 Rejissyor Maksim RojkovSʼyomki novogo klipa Miki Nyuton „Luna Park“ Muzikalnaya Gazeta

V plenu 2005

Tyoplaya reka 2006 Rejissyor Yevgeniy Timoxinintervyu so sʼyomok „Tyoploy reki“

I’m Sorry 2006 Rejissyor Ulf BuddensikMika Nyuton razbila „yaguar“ za 80 tisyach dollarov Gazeta.ua

Belie loshadi 2007 Rejissyor Aleksandr Golovin

Moscow Calling 2007 (Bryats-Band bilan birga) Rejissyor Yevgeniy MitrofanovKlip „Moscow calling“

Sdavaysya mne 2008 Rejissyor Semyon GorovSemen Gorov snyalsya v klipe Miki Nyuton „Sdavaysya mne!“ } starlife.com.ua

Angel 2010 Rejissyor Aleksandr IvanenkoMika Nyuton — Angel PRO-PRODUCTION GROUP

Angel (Eurovision 2011 official music video, Ukraine) 2011 Rejissyor Aleksandr IvanenkoMika Newton — Angel (Eurovision 2011 official music video, Ukraine) PRO-PRODUCTION GROUP

Donʼt Dumb Me Down 2012 Rejissyor Mark KlasfeldMika Nyuton predstavila perviy amerikanskiy klip Like.lb.ua

Ne vidpuskay 2013 Rejissyor Oleg BogdanMika Nyuton prezentovala noviy klip na ukrainskuyu pesnyu Jenskiy jurnal IVONA

Magnets 2013 Rejissyor Baxodir YuldashevMika Newton — Magnets (Official Music Video)

Come Out and Play 2013 Rejissyor Ali ZamaniMika Newton — Come Out and Play (OFFICIAL MUSIC VIDEO)

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:5-martda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar