Safo Zufarov (1909—1977) — sovet pedagogi, lingvist va fan doktori.
Hayoti va mehnat faoliyati Safo Zufarov Toshkent shahrida oddiy kosib oilasida dunyoga kelgan. 1918—1924-yillarda „Namuna“ maktabida tahsil olgan. 1925—1931-yillarda esa N.Narimonov nomidagi pedagogika bilim yurtida oʻqigan hamda shu maktabda oʻzbek tili va adabiyotidan dars bergan. 1934-1936-yillarda Oʻzbekiston fanlar qoʻmitasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim va aspirant lavozimida ishlagan.
Surgundan ozod boʻlgach 1941—1944-yillarda Toshkent viloyati Yangi yoʻl tumanida maorif boʻlimida va Samarqand viloyati Forish tumanida 18-oʻrta maktabda direktor va oʻqituvchi vazifasida faoliyat olib boradi. 1944-yilda Samarqand universitetida oʻzbek tili oʻqituvchisi lavozimida ishlaydi.
Safo Zufarov 1957-yilda surgundan qaytib kelgach, Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi til va adabiyoti institutining lugʻat boʻlimida hamda H.Sulaymonov nomidagi qoʻlyozmalar institutida ilmiy xodim vazifasida ishlagan. 1966-yilda „Oʻzbek tilining Sayram shevasi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Surgunlarda boʻlib, qiyinchiliklarn boshdan kechirgan Safo Zufarov oʻzbek tilshunosligining birinchi professorlaridan biri hisoblanmish Gʻozi Olimning unga bergan maslahatlari haqida shunday deb eslaydi:
Ayblov 1936-yil iyunda NKVD tomonidan qamoqqa olingan va 5 yilga surgun qilingan. 1941-yil 29-martda surgundan ozod qilingan. 1945-yil 20-iyunda ikkinchi bor qamoqqa olingan. 1945-yil 30-noyabrda NKVD tomonidan 10 yilga surgun qilingan.
Oʻlimi 1977-yilda vafot etgan.
Manbalar
Turkum:Qatagʻon qurbonlari Turkum:Fan doktorlari Turkum:1909-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxsiyatlar Turkum:1977-yilda vafot etganlar