Matryona Stepanovna Nogovitsina (6-noyabr, 1991-yil, Muguday, Churapchi ulusi, Yoqutiston) — rossiyalik sportchi, shashkachi.

Matryona Nogovitsina 2021-yilgi jahon chempioni, 2018-yilgi Yevropa chempioni, eng yosh rossiyalik ayollar chempioni (2006-yil), ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati sovrindori (bronza, 2004-yil). 2010-yilgi xalqaro shashka boʻyicha jahon chempionatining bronza medali sovrindori, 2011-yilgi jahon chempionatining kumush medali sohibi. Qizlar oʻrtasida Yevropa va Rossiyaning koʻp karra chempioni. Xalqaro shashka boʻyicha jahon kubogi chempioni (2010). Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori (2004, 2008). Rossiya chempioni (2006, 2010, 2015, 2020), shashka boʻyicha Rossiya xalqaro chempionatining kumush medali sovrindori (2009). Shashkada tez oʻyin boʻyicha Jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2007). Oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni (2008, 2009), xalqaro va rus shashkasi boʻyicha Yevropa (2001, 2004, 2005, 2006, 2007, 2008, 2010) va Rossiya (2000, 2002, 2003, 2004, 2007, 2005 va 2 ta xalqaro) chempioni. Rossiya klub chempionatlarining bir necha bor chempioni va sovrindori. 2021-yilda shashka boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritiv, jahon chempioniga aylanadi. Bu uning birinchi jahon chempioni unvonidir.

Xalqaro grossmeyster, Rossiya grossmeysteri.

2007-yildan ShVSM RS(Y) va Nijneye-Lenskoye shashka klubida oʻynaydi.

Murabbiylari Nikolay Nikolayevich Kichkin (kichik) va Aleksandr Sergeyevich Georgiyev. Taʼlimi 1999-yildan shashka bilan shugʻullanadi. Churapcha respublika sport maktab-internatining oʻquvchisi (murabbiylari Kichkin N. N. (kichik), Birdinnirova M. N., Kichkin N. N.). Churapcha respublika sport maktab-internatini oltin medal bilan tamomlagan. 2008-yildan Sankt-Peterburg davlat moliya-iqtisod universiteti talabasi. Jahon va Yevropa chempionatlaridagi yutuqlari YilShakliOʻtkazilgan joyTurnir/matchNatijaOʻrin2006Yevropa chempionati BovecTurnir +2 =6 −1102007Jahon chempionati YakutskTurnir +4 =9 −282008Yevropa chempionati TallinTurnir +4 =4 −132010Yevropa chempionati Sępólno KrajeńskieTurnir +3 =5 −142010Jahon chempionati UfaTurnir +0 =9 −132011Jahon chempionati RovnoTurnir +6 =7 −022012Yevropa chempionati EmmenTurnir +1 =8 −0142013Jahon chempionati Ulan-BatorTurnir +4 =9 −272014Yevropa chempionati TallinTurnir +3 =5 −1102015Jahon chempionati UxanTurnir +4 =9 −272016Yevropa chempionati IzmirTurnir +3 =6 −032018Yevropa chempionati MoskvaTurnir +3 =6 −012019Jahon chempionati YakutskTurnir +6 =7 −242021Jahon chempionati TallinTurnir +9 =6 −01

Manbalar

Havolalar Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati 1973 — 2011 FMJD veb-saytidagi profili KNDB veb-saytidagi profili Matryona Nogovitsina — xalqaro shashka boʻyicha Rossiya chempioni Nogovitsina — shashka boʻyicha Jahon kubogi gʻolibi  Shashka: „Bashneft“ va „Nijnelenskoye“ — klublar oʻrtasida xalqaro shashka boʻyicha Rossiya chempioni. Rossiya chempionati. Tamara Tansikujina oltin mukofotga sazovor boʻldi Tamara Tansikkujina Yevropa chempioni boʻldi

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:6-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Ayol sportchilar