Kontakt dermatit – bu kimyoviy yoki fizik vositalar taʼsirida yuzaga keladigan terining oʻtkir yoki surunkali yalligʻlanishi. Kontakt dermatitning belgilari qichishish, teri quruqligi, qizil toshmalar, pufakchalar yoki shishni oʻz ichiga oladi. Bu toshmalar yuqumli yoki hayot uchun xavfli emas, lekin noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin.

Epidemiologiyasi Kontakt dermatit barcha kasbiy teri kasalliklarining 95% ni tashkil qiladi. Kontakt dermatitning tarqalishi boʻyicha bir nechta aniq statistik maʼlumotlar mavjud.

Sabablari

Kontakt dermatitning uch turi mavjud: irritant kontakt dermatit; allergik kontakt dermatit; va fotokontakt dermatit. Fotokontakt dermatit ikki toifaga boʻlinadi: fototoksik va fotoallergik.

Irritant kontakt dermatit Taʼsirlovchining epidermal keratinotsitlarga bevosita sitotoksik taʼsiri irritant kontakt dermatitni keltirib chiqaradi. Bu teri butunligini buzadi va tugʻma immunitet tizimini faollashtiradi. thumb| Nam, singdirilgan yogʻoch qurilish qoldiqlari bilan himoyalanmagan holda ishlash natijasida yuzaga kelgan kontakt dermatit . Irritant kontakt dermatitda taʼsirlovchilar kimyoviy va fizik shakllarga boʻlinishi mumkin. Umumiy kimyoviy taʼsirlovchi moddalarga quyidagilar kiradi: erituvchilar (alkogol, ksilen, turpentin, esterlar, aseton, ketonlar va boshqalar); metallga ishlov berish suyuqliklari (toza yogʻlar, sirt faol moddalar bilan suvga asoslangan metallga ishlov berish suyuqliklari); lateks; kerosin; etilen oksidi; baʼzi oziq-ovqat va ichimliklar, oziq-ovqat aromatlari va ziravorlar, parfyumeriya, topikal dorilar va kosmetikadagi sirt faol moddalar (natriy lauril sulfat); ishqorlar (drenaj tozalash vositalari, sovun)Irritant Contact Dermatitis. DermNetNZ.org.

Allergik kontakt dermatit thumb| Kontakt dermatit bilan ogʻrigan 3 yoshli qiz, zaharli pechak tufayli allergiya boshlangan Allergik kontakt dermatit odamlarda uchraydigan immunotoksiklikning eng keng tarqalgan shakli sifatida qabul qilinadi. Allergenlarga nikel, oltin, Peru balzami (Myroxylon pereirae), xrom va zaharli pechak, zaharli eman, zaharli sumak kabi toksikodendron oilasi oʻsimliklarining yogʻli qoplamasi kiradi.

Fotokontakt dermatit Fotokontakt dermatit ikkita toifaga boʻlinadi, fototoksik va fotoallergik. Fotokontakt dermatit ekzematoz holat boʻlib, teridagi zararsiz yoki kam zararli moddalar hamda ultrabinafsha nurlar (320-400nm UVA) oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir natijasida paydo boʻladi (ESCD 2006).

Belgilari Kontakt dermatitda terining faqat yuzaki qismlari zararlanadi. Taʼsirlangan toʻqimalarning yalligʻlanishi epidermisda (terining eng ustki qatlami) va dermisning tashqi qavatida (epidermis ostidagi qatlam) kuzatiladi.

Kontakt dermatit natijasida katta va qichishadigan toshmalar paydo boʻladi. Ularning davolanishi bir necha kundan bir necha haftagacha davom etishi mumkin. Bu uni kontaktli eshakyemidan ajratib turadi (kontaktli eshakyemida toshma bir necha daqiqadan bir necha soatgacha boʻlgan muddatda yoʻqoladi).

Irritant dermatit odatda taʼsirlovchi moddaning teriga teggan joyi bilan chegaralanadi, allergik dermatit esa terida kengroq tarqalishi mumkin. Irritant dermatit odatda qoʻllarda, terining ochiq joylarida uchraydi. Ikkala turdagi dermatitlarning belgilari quyidagilardan iborat:

Qizil toshma: Bu odatiy reaksiya. Toshmalar irritant kontakt dermatitda darhol paydo boʻladi; allergik kontakt dermatitda toshma baʼzan allergen taʼsiridan keyin 24-72 soatgacha boʻlgan muddatda paydo boʻladi. Pufakchalar yoki pufaklar: pufakchalar, shishlar va qavarchiq (boʻrtma) koʻpincha allergen yoki taʼsirlovchi modda teriga bevosita taʼsir koʻrsatganda hosil boʻladi. Teri qichishishi: irritant kontakt dermatit qichishishdan koʻra koʻproq ogʻriqli boʻladi, allergik kontakt dermatit koʻpincha qichishadi. Terining tashqi koʻrinishi: irritant kontakt dermatitda teri quruq va yoriqli, allergik kontakt dermatitda esa pufakchalar va pufaklar kuzatiladi. Lixenifikatsiyalangan shikastlanishlar

Kontakt dermatitning har qanday shakli tananing har qanday qismiga taʼsir qilishi mumkin, irritant kontakt dermatit koʻpincha taʼsirlovchi bilan bevosita aloqada boʻladigan soha, jumladan, qoʻllarni shikastlaydi. Diagnostikasi thumb| Yamoq sinovi Kontakt dermatit reaksiyalari yuzaga kelish uchun taʼsirlovchi yoki allergen sabab boʻladi shu sababli bemor uchun qoʻzgʻatuvchi agentni aniqlash va undan qochish kerak. Bunga odatda turli allergiyani tekshirish usullaridan biri boʻlgan yamoq testlarini oʻtkazish orqali erishish mumkin. Yamoq testlari allergenlarning teriga taʼsiri va bu sohada kontakt dermatit rivojlanishini tekshirish uchun taʼsir sohasidagi IV turdagi yuqori sezuvchanlik reaksiyasi konsepsiyasiga asoslangan.

Oldini olish Sanoat sharoitida ish beruvchi oʻz ishchisiga zararli taʼsirlovchi moddalar taʼsirini kamaytirish uchun kerakli xavfsizlik uskunalarini taʼminlashga majburdir. Bu ish muhitiga qarab himoya kiyimi, qoʻlqop yoki himoya kremi shaklida boʻlishi mumkin. Taʼsirlovchi moddalarning toʻliq taʼsirini yoʻq qilish mumkin emas, lekin koʻp tomonlama yondashuv yordamida oldini olish mumkin. Koʻp tomonlama yondashuv sakkizta asosiy elementni oʻz ichiga oladi. Ular:

Taʼsirlovchi va allergenlarni aniqlash Terini zararlamaslik uchun tegishli nazorat choralari yoki oʻrin bosuvchi kimyoviy vositalardan foydalanish Shaxsiy himoya. Shaxsiy va atrof-muhit gigiyenasiga rioya qilish Ish joyida zararli taʼsirlovchi moddalardan foydalanishni tartibga solish kerak Taʼlim orqali potensial allergiya va taʼsirlovchilar haqida bilimlarni oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlar Xavfsiz mehnat sharoitlari va amaliyotlarini targʻib qilish Ishga joylashishdan oldin va keyin muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtish

Davolash

Oʻz-oʻzini parvarish qilish

Agar qabariq paydo boʻlsa, kuniga 3 marta 30 daqiqa davomida qoʻllanadigan sovuq nam kompresslar bemor ahvolini yaxshilashi mumkin. Kalamin losoni qichishishni kamaytirishi mumkin. Difengidramin (Benadryl, Ben-Allergin) kabi ogʻiz antigistaminlari qichishishni bartaraf etishi mumkin.

Tibbiy yordam Agar toshma yaxshilanmasa yoki oʻz-oʻzini parvarish qilishdan 2-3 kun oʻtgach tarqalishda davom etsa yoki qichishish va ogʻriq kuchli boʻlsa, bemor dermatolog yoki allergolog bilan bogʻlanishi kerak. Tibbiy davolanish odatda losyonlar, kremlar yoki ogʻiz orqali yuboriladigan dori-darmonlarni oʻz ichiga oladi.

Kortikosteroidlar. Shikaslangan sohada yalligʻlanish bilan kurashish uchun gidrokortizon kabi kortikosteroid dori buyurilishi mumkin. Uni teriga krem yoki malham sifatida qoʻllash mumkin. Agar reaksiya terining nisbatan katta qismini qamrab olsa yoki ogʻir boʻlsa, tabletka yoki inyeksiya shaklida kortikosteroid buyuriladi.

Ogʻir hollarda, dermatolog tomonidan halobetazol kabi kuchliroq dori vositasi buyurilishi mumkin.

Antigistaminlar. Retseptsiz beriladigan antigistaminlar yetarli foyda bermasa, kuchli preparatlarga oʻtiladi.

Yana qarang

Atopik dermatit Neyrodermit Ekzema

Manbalar

Turkum:Allergologiya Turkum:Kasalliklar Turkum:Dermatovenerologiya Turkum:Dermatologiya Havolalar

Kontakt dermatit haqida eMedicine Health maqolasi