Anna Maria Żukowska () — polshalik huquqshunos, filolog va siyosiy faol. Shu bilan birga, Yangi soʻl partiya aʼzosi, soʻl parlament klubi rahbari.

2019-yildan buyon Polsha Respublikasi Seymining 9 va 10-chaqiriqlari deputati.

Hayoti Maria Żukowska 1983-yil 11-iyunda tugʻilgan. Bolaligi Varshavaning Mokotov tumanida oʻtgan.

Varshavadagi 42-maktabda tahsil olgan. Mashhur aktyor Anjey Szepkovskining nabirasi aktrisa Xanna Konarovska bilan bir sinfda tahsil olgan.

Varshava universitetining zamonaviy tillar fakultetida bakalavr darajasini olgan Maria Żukowska 2015-yilda shu universitetning huquq va menejment fakultetida yuridik taʼlim magistri darajasiga ham ega boʻladi.

Shu bilan birgalikda onasi Anna Maria bilan oilaviy biznesni ham boshqargan.

Siyosiy hayoti Demokratik soʻl kuchlar ittifoqi (DSK) aʼzosi boʻlgan Anna Maria 2010-yil 21-noyabrda boʻlib oʻtgan mahalliy saylovlarda Mokotov tumanidan nomzod qilib koʻrsatilgan. Ammo yakunda lavozimga saylanmagan.

2010—2013-yillarda DSK yoshlar tashkiloti Yosh sotsial-demokratlar federatsiyasi Varshava boʻlimi raisi boʻlgan.

2011—2015-yillarda Butun Polsha yahudiy yoshlar tashkiloti boʻlimi boshligʻi.

Varshavada tashkil etilgan Tenglik paradi tashkiloti qoʻmita aʼzolaridan biri boʻlgan.

2012-yildan ariya DSQ matbuot kotibi, shuningdek, 2015-yil 25-oktyabrda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida ishtirok etish uchun tuzilgan Birlashgan soʻl koalitsiya saylov shtabining matbuot kotibi boʻlgan.

2016-yil fevralida Vlodzimej Chajasti DSKning yangi raisi etib saylangach, Anna Maria isteʼfoga chiqqan Dariush Yonski oʻrniga SSC matbuot kotibi lavozimiga tayinlangan. Ushbu lavozimni egallagan ilk ayol boʻlgan. 2021-yil yanvar oyida DSK matbuot kotibi lavozimidan ketgan.

2016-yildan Polshada abort qonunchiligining qattiqlashuviga qarshi oʻtkazilgan „ayollar ish tashlashi“ faollaridan biri boʻlib kelgan.

2018-yil 21-oktyabrda boʻlib oʻtgan mahalliy saylovlarda Varshava shahar kengashi deputatligiga nomzodi koʻrsatilgan, biroq saylanmagan.

2019-yil 13-oktyabrda boʻlib oʻtgan parlament saylovlari natijalariga koʻra, 18 864 ovoz bilan 19-Varshava saylov okrugidan Polsha Seymining 9-chaqiriq deputati etib saylangan. Adliya va inson huquqlari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Konstitutsiyaviy masʼuliyat qoʻmitasi aʼzosi, soʻl fraksiya matbuot kotibi boʻlgan. Oktyabr oyida DSK parchalanganidan keyin Yangi soʻl partiyaga aʼzo boʻladi. 2023-yil 15-oktyabrda boʻlib oʻtgan parlament saylovlari natijalariga koʻra, 38 ming 426 ovoz bilan 19-Varshava saylov okrugidan 10-Polsha seymiga deputat etib saylangan.

2023-yil 13-noyabr kuni X chaqiriq Seymning birinchi sessiyasi arafasida oʻtkazilgan matbuot anjumanida deputatlar Katarjina Kotula va Anna Maria Żukowska, shuningdek, senator Magdalena Bejat Seymga ikkita: liberallashtirish va abort toʻgʻrisidagi qonun loyihalari kiritilishini eʼlon qilganlar.

2023-yil 14-noyabrda Anna Maria Żukowska Seym tomonidan deputatlarning 245 ovozi bilan Milliy sudyalar kengashiga saylangan. Vakolatlari sud tizimini shakllantirishdan iborat.

Shaxsiy hayoti Anna Maria Żukowskaning Amelia ismli qizi bor (2005). Biseksual, 2018-yilda buni ommaga maʼlum qilgan.

Manbalar

Turkum:Varshavada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:11-iyunda tugʻilganlar