Bristol jomʼe masjidi — Angliyaning Bristol shahri Totterdown hududidagi masjiddir. Bu Bristoldagi birinchi masjid boʻlib, hozirda Angliyaning janubi-gʻarbiy qismidagi eng katta masjid hisoblanadi. Bino foydalanilmay qoʻyilgan cherkov oʻrnida ochilgan boʻlib, 1968-yilda sotib olingan va masjidga aylantirilgan. Keyinchalik u gumbaz va minora bilan bezatilgan.
Tavsifi Masjidda bitta gumbaz va bitta minoraga ega. Masjidda erkaklar ham, ayollar ham namoz oʻqishlari mumkin; asosiy zal (700 kishilik) va alohida ayollar namozxonasi (140 kishilik) bor. Binoda, shuningdek, bolalar uchun sinf xonalari va diniy bayramlar va boshqa uchrashuvlarni oʻtkazish uchun tadbirlar zali mavjud. Asosiy zalda yogʻochdan qilingan minbar oʻrnatilgan. Masjid islomning barcha anʼanalari va Bristolning musulmon boʻlmagan jamoasi uchun ochiqdir. Bristol jom’e masjidi roʻyxatdan oʻtgan xayriya tashkiloti va 2009-yilda tashkil etilgan shahardagi masjidlarning koʻp konfessiyali tashkiloti Bristol Masjidlari Kengashi (CBM) aʼzosi hamdir.
Tarixi Bristol jom’e masjidi dastlab Anglikan missiyasi xonasi boʻlib, 1889-yilda qurilgan va 1964-yilda yopilgan Sant-Katherine cherkovi oʻrnida joylashgan. 1968-yilda Bristol musulmonlari assotsiatsiyasi foydalanilmayotgan binoni cherkov kengashidan konvertatsiya qilish uchun sotib olgan. 1980-yilda inshootga gumbaz va minora qoʻshilgan. Bu Bristoldagi birinchi masjid boʻlib, hozirda Angliya janubi-gʻarbiy qismidagi eng katta masjiddir.
Manbalar
Turkum:Angliyadagi masjidlar Turkum:Gumbazli masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:1968-yilda qurilgan masjidlar Turkum:Barelvi masjidlari