Duran Duran — 1978-yili Birmingemda tashkil topgan ingliz pop-rok guruhi. Kollektiv nomini Barbarella filmining salbiy qahramoni ismidan oʻzlashtirgan. Depeche Mode bilan bir qatorda Duran Duran 1980-yillar tijorat musiqasining yetakchisi.
1980-yillarning birinchi yarmida "Duran Duran"ning bir nechta xalqaro hiti bor edi, ular ichida "The Reflex" (AQSh va Buyuk Britaniyada 1-oʻrin, 1984-yil) va "A View to Kill" (AQShda 1-oʻrin, Buyuk Britaniyada 2-oʻrin, James Bond haqidagi filmga saundtrek, 1985-yil)
Tarkib
Simon LeBon (Saymon LeBon) — voklachi Andy Taylor (Endi Teylor) — gitarachi Nick Rhodes (Nik Rods) — klavishlar John Taylor (Jon Teylor) — bas-gitara Roger Taylor (Rojer Teylor) — barabanchi ("Queen" guruhining barabanchisi bilan adashtirmang)
Bu guruhdagi Teylorlar bir-biriga qarindosh emas.
Diskografiya
"Duran Duran" (1981) "Rio" (1982) "Seven And The Ragged Tiger" (1983) "Arena" (1984) "Notorius" (1986) "Big Thing" (1988) "Decade" (1989) "Liberty" (1990) "Duran Duran", bu albom shuningdek "The Wedding Album" deb ataladi. (1993) "Thank You" (1995) "Medazzaland" (1997) "Greatest" (1998) "Pop Trash" (2000) "Astronaut" (2004) "Red Carpet Massacre" (2007) "All You Need Is Now" (2010) "Paper Gods" (2015) "Future Past" (2021)
Havolalar
Duran Duranning rasmiy sayti Duran Duran haqida rasmiy boʻlmagan ruscha sayt
Turkum:Ingliz musiqiy guruhlari Turkum:Synthpop guruhlar Turkum:New wave guruhlar Turkum:New romantic guruhlar Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:Brit mukofoti sovrindorlari Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar